Özbekiston azal-azaldan mehr-muhabbat, bağrikenglik, eʼzoz va ehtirom öçoği bölgan. Olijanob özbek xalqi qiyin davrlarda ham insonparvarlik, döstlik, hamjihatlik ğoyalarini dasturilamal qildi. Bu jihatlar jahon hamjamiyatida yurtimiz qiyofasini, imijini şakllantirdi ham.

Bugunga kelib, davlat siyosatining inson qadrini uluğlaşga qaratilgani, aholi manfaatlari va qonuniy haq-huquqlarining himoya qilinişi, mehnati rağbat topişi köp yillik qadriyatlarning munosib davomi bölmoqda.

Xususan, 8 mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan keksa nuroniylarning holidan xabar oliş tadbirlari ötkazildi. Guliston tumanida yuz bilan yuzlaşgan, yuz yoşdan oşgan buvijonlar holidan xabar olindi. Jumladan, 102 yoşli Halima aya xonadoniga yöqlab borildi. Onaxon yuzdan oşgan bölişiga qaramay, haligaça mahalla yoşlari hayoti bilan qiziqadi, ularning tarbiyasida faol iştirok etadi.

Darvoqe, bir asrlik umr yölini bosib ötgan nuroniylarning tajribasi, jasoratli mehnat yöli nafaqat oilasida, balki jamiyat hayotida ham ahamiyatlidir.

By Behzod

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan