Qoraqalpoğiston xalq artisti Biybiraba Ötepbergenova bu yil muborak 80 yoşni qarşi oldi. Şu munosabat bilan Qoraqalpoğistondagi tuman va şaharlarda yubiley tadbirlari tantanali tarzda ötkazildi. Tadbirlarda madaniyat va sanʼat sohasi xodimlari, xalq ardoğidagi sanʼatkorlar, şoiru yozuvçilar iştirok etdilar. 

Biybiraba Ötepbergenova  özining mehnati, sabri va jamiyatga foydali faoliyati bilan tanilgan şaxslardan biri hisoblanadi. Uning hayot yöli va amalga oşirgan işlari köpçilikka ibrat böla oladi. U 1947 yil 13 martda Turkmaniston Respublikasida tavallud topgan Biybiraba Ötepbergenova 60 yildan ortiq vaqtdan beri sahnada qöşiqlar kuylaydi. Uning ijrosidagi köplab qöşiqlar xalq orasida maşhur bölib, köngillardan joy olgan. Sanʼatkor repertuarining asosiysini özbek, qoraqalpoq, qozoq, turkman va boşqa tillardagi qöşiqlar taşkil qiladi. Ayniqsa, uning, “Çalsana baxşi”, “Bölmasa”, “Qizlari bar bizin eldin” kabi  qöşiqlari el içida maşhurlikka erişgan. Biybiraba opaning qöşiqlari telekanal va radio orqali köp marotaba efirga uzatilgan. Qozoğiston, Tojikiston, Turkmaniston, Qirğiziston hamda boşqa davlatlarda xizmat safarlarida bölib, öz sanʼati bilan muxlislar olqişiga sazovor bölgan.

Biybiraba Ötepbergenova nafaqat öz işida, balki ustoz sifatida ham alohida eʼtiborga loyiq. Uning şogirdlari juda köp, u yoş ijodkorlarga özidagi bor bilim va tajribani beminnat örgatib keladi.   Sevgan işi — insonlarga yaxşilik qiliş, buni hayotining mazmuni deb biladi. Sanʼat sohasidagi tinimsiz mehnatlari inobatga olinib, 2023 yilda Prezidentimiz tomonidan “Döstlik” ordeni bilan mukofotlangan. Oila va xotin-qizlar qömitasi tomonidan “Möʼtabar ayol” kökrak nişoni bilan taqdirlangan.

Hayotining mazmuni deb bilgan sanʼatga bölgan sadoqati ölaroq, u hamon sahnada qöşiq kuylamoqda. Oltmiş yildirki, öz qöşiqlari bilan  insonlar köngliga kirib bormoqda. Oçiqköngil, samimiy, şogirdparvar opaning işlariga rivoj, umrlariga baraka tilaymiz. Yana köp yillar turli millatlar qöşiqlarini kuylab, xalqlar sanʼati rivojiga hissa qöşib yuravering, deya tilak bildirib qolamiz.

Dilşod MAMADIYOROV,

Berdaq nomidagi Qoraqalpoq

davlat universiteti talabasi.

By Behzod

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan