Andijon viloyati Marhamat tumani “Paxtakor” mahallasida istiqomat qilayotgan, uruş va mehnat faxriysi Iminjon ota Temirov bu yil özining 101 yoşini nişonlaydi. U ikkinçi jahon uruşi janggohlarida qahramonlik namunalarini körsatgan mard va jasur yurtdoşlarimizdan.
Bugungi tinç, dorilomon kunlarga yetişimizda janggohlarda ölim bilan yuzma-yuz kelib, duşmanni yer tişlatgan, ğalaba bilan yurtga qaytgan, keyin esa yurtni tiklaş, hayotimiz farovonligi yölida fidoyilik bilan mehnat qilgan Iminjon ota Temirov singari nuroniylarning xizmatlari beqiyos.
Hozirgi kunda yurtimiz tinçligi, xalqimiz farovonligi yölida xizmat qilgan Iminjon otaning köksini bezab turgan orden va medallar yana bittaga köpaydi. Marhamat tumani hokimi Ilyosbek Umrzoqov, Mudofaa işlari bölimi boşliği Abdullo Başirov, nuroniylar, tuman faollari iştirokida unga Rossiya Federatsiyasi Prezidenti imzosi bilan yuborilgan “Ğalabaning 80 yilligi” esdalik medali tantanali ravişda topşirildi.
Uşbu mukofot otaxonning faşizmga qarşi kuraşdagi matonati, jasorati va fidoyiligining eʼtirofi, bildirilgan hurmat ifodasidir.
Xonadonga taşrif buyurganlar otaxonni mukofot bilan muborakbod etib, unga soğlik-salomatlik, yanada uzoq umr tiladi.
Suhbat davomida Iminjon ota özining hayot yöli, uruş va mehnat frontidagi xotiralari bilan örtoqlaşdi. Yurtimiz tinçligi, hayotimiz farovonligini tilab, duo qildi.
Faxriddin Ubaydullayev,
Andijon viloyati.