Salom QOSIMOV, “Nuroniy” jamğarmasi

Curxondaryo viloyati

Sariosiyo tumani bölimi raisi.

Bugun dunyo maydonida turli qarama-qarşiliklar, ziddiyat va töqnaşuvlar keçayotgan bir vaqtda, yaratganga çeksiz şukronalar bölsinki, yurtimizda tinçlik-osoyiştalik, özaro bağrikenglik va farovonlik muhiti hukm surmoqda. Davlatimiz rahbari taşabbusi bilan mamlakatimizda olib borilayotgan oqilona islohotlar natijasida yurtimizning har bir hududi bunyodkorlik va yangilanişlar bilan obod bölib bormoqda.

Joriy yilning 26-27 fevral kunlari mamlakatimiz rahbari Şavkat Mirziyoyev Surxondaryo viloyatiga taşrifi çoğida hududda bugunga qadar amalga oşirilgan bunyodkorlik işlari bilan tanişdilar va xalqimiz farovonligi yölida yangi loyihalarni işga tuşirişga start berdilar.

Şuningdek, davlatimiz rahbari raisligida ötkazilgan yiğilişda Surxondaryo viloyatini kompleks rivojlantiriş masalalari bilan boğliq ustuvor vazifalarga eʼtibor qaratildi. Xususan, Surxondaryo tajribasi asosida yoşlar bilan işlaş, ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalaş, zamonaviy bilim va könikmalarni özlaştirişiga eʼtibor qaratiş muhimligi taʼkidlandi. Şuningdek, yangi iş örinlarini taşkil etiş, kambağallikni qisqartiriş, işsizlikka barham beriş, ayniqsa, aholini öz tomorqasidan unumli foydalanişga örgatiş, bir yilda 3 marotaba hosil oliş ortidan turmuş farovonligiga erişişi uçun şaroitlar yaratiş, çorvaçilik, parrandaçilik, asalariçilik, baliqçilik sohalarini rivojlantiriş, viloyatning içki yöllarini taʼmirlaş va yana qator vazifalarni amalga oşiriş lozimligi aytib ötildi.

Aslini olganda, Yurtboşimiz taşabbusi bilan viloyatimizning ijtimoiy-iqtisodiy hayotida yuqori natijadorlikka erişiş uçun barça  imkoniyat va şaroitlar yaratilgan. Uşbu imkoniyatlarning öziga xos natijalari sifatida aytiş  mumkinki, avvalo, viloyatimizda işsizlik va kambağallik sezilarli darajada pasaygan. Aholini toza içimlik suvi bilan taʼminlaş, köp qavatli zamonaviy uy-joylar bunyod etiş, yoşlarning zamonaviy talablar darajasidagi taʼlim muassasalarida  bilim olişlari uçun şaroitlar yaratiş borasidagi taşabbuslar tahsinga sazovordir.  Bu saʼy-harakatlar, öz navbatida, surxondaryoliklarning hayotdan, turmuşdan rozi bölib,  mamlakatimizdagi islohotlar jarayonida faol iştirok etişlari uçun zamin yaratmoqda. Hududdagi 723 ta mahallani yangi qiyofaga keltiriş uçun yetarliça mablağ ajratilgani hisobidan aholining turmuş darajasi yuksaldi. Islohotlar xalqimiz hayotida öz amaliy natijalarini körsatmoqda.

Biz, nuroniylar ham öz bilim va tajribamizni işga solib, Yurtboşimiz rahbarligida davlatimiz tinçligi, xalqimiz farovonligi, Vatanimiz taraqqiyoti yölida olib borilayotgan keng kölamli işlarda kamarbasta bölamiz.

By Behzod

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan