Tursinbay Abdijabbarov,
“Nuroniy” jamğarmasi
Qoraqalpoğiston Respublikasi
bölimi raisi.
— Markaziy Osiyo asrlar davomida ilm-fan, maʼrifat va maʼnaviyatning bebaho xazinasi sifatida jahon sivilizatsiyasiga ulkan hissa qöşib kelgan. Ana şu boy merosni teran örganiş, asrab-avaylaş va kelajak avlodlarga yetkaziş yölida barpo etilgan Islom sivilizatsiyasi markazi — bu nafaqat yirik meʼmoriy majmua, balki ilmiy-tadqiqot infratuzilmasi, ilğor muzey texnologiyalari, zamonaviy kutubxona, milliy va xalqaro arxiv tizimi hamda raqamli gumanitar platformalarni özida mujassam etgan noyob bunyodkorlik obidasidir.
Bugun uşbu Markaz jahon jamoatçiligi diqqat markazida bölgan öziga xos maskanga aylandi.
Bir guruh nuroniylarimiz bilan Islom sivilizatsiyasi markazida bölganimizda uning haybatidan hayratga tuşdik. Bu maskan nafaqat islom tarixidan maʼlumot beradi, balki ilmiy-tadqiqot va örganiş işlarini olib boriş uçun mutaxassislarga qulay ilmiy, maʼnaviy-maʼrifiy muhit, imkoniyat ham yaratadi. Bu joylarga biz, nuroniylar bilan birga, yoş avlod vakillari ham köp-köp kelişi, ona yurtimiz tarixi bilan yaqindan tanişişi, ajdodlarimizning buyuk xizmatlarini yurak-yuraklaridan his qilişi kerak. Bunga esa kasbimiz va yoşimizdan qatʼi nazar, barçamiz masʼulmiz.
Ikromxon Najmiddinov,
“Nuroniy” jamğarmasi
Namangan viloyati bölimi raisi, senator.
— Bu majmua, aslida, olamşumul loyiha. Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 23 iyundagi “Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Özbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazini taşkil etiş çora-tadbirlari töğrisida”gi qaroriga köra, 2018 yili Ramazon hayiti kuni poydevoriga tamal toşi qöyilgan uşbu majmua bugun hamyurtlarimiz va butun dunyodan kelayotgan sayyohlarni öziga jalb etmoqda.
Özbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi ilmiy-maʼrifiy va diniy-maʼnaviy infratuzilmaning yangi innovatsion şaklini özida mujassam etgan xalqaro platforma bölib, uning asosiy vazifasi — buyuk ajdodlar merosini örganiş va tarğib qiliş, “Yangi Özbekiston — Uçinçi Renessans poydevori” ğoyasini ommalaştiriş hamda xalqimizning ötgan davr va Yangi Renessans zamonidagi yutuqlarini çuqur tadqiq qilişdan iborat.
Hozirgi kunda Markazga dunyoning turli nuqtalaridan oliy martabali mehmonlar, davlat va hukumat rahbarlari, nufuzli xalqaro taşkilotlar vakillari, diplomatlar taşrif buyurib, sivilizatsiyalar, tarixiy şaxslar va ilmiy kaşfiyotlarga bağişlangan noyob ilmiy loyihalar bilan yaqindan tanişmoqda. Jahonning taniqli siyosatçilari va jamoat arboblari uşbu haqiqatni oçiq eʼtirof etmoqda.
Biz ham bu yerdan olgan taassurotlarimizni har lahzada öz viloyatimiz, öz hududimizda tarğib-taşviq qilişimiz, keng aholi, ayniqsa, yoşlarimizga yetkazişimiz lozim.