“Nuroniy” jamğarmasi respublika Boşqaruvi, jamğarmaning Andijon viloyati va tumanlardagi bölimlari, viloyat kasaba uyuşmasi hamkorligida hamişa navqiron va köhna Samarqand şahriga uyuştirilgan sayohat biz, nuroniylarga ulkan quvonç, unutilmas taassurot bağişladi.

Avvalo, “Dunyo madaniyati çorrahasi” bölgan gözal va aziz zaminda keçayotgan ulkan özgarişlar, bunyodkorlik işlari, obodonlik, saranjom-sariştalik barçamizni lol qoldirdi. Sayohat asnosida “Temuriylar maqbarasi”, “Şerdor”, “Tillakori”, “Şohizinda”, “Uluğbek” madrasasi kabi uluğ ajdodlarimiz mangu qönim topgan aziz joylarga borilib, ular xotirasiga Qurʼon tilovat qilindi.

Şuningdek, sayohatçilar uçun taʼmirlanib, yangi qiyofa kasb etgan “Imom Al-Buxoriy” majmuasida uluğ bobokalonimizning porloq xotirasi yod etildi. Öxşaşi yöq qurilişlarning taşabbuskori bölgan muhtaram Yurtboşimizga minnatdorlik bildirilib, mamlakatimizdagi tinçlik, xotirjamlikning bardavom bölişi uçun duolar qilindi.

Öz navbatida, hayotimiz davomida umrimiz oxirigaça jonajon Özbekistonimizning yanada gullab-yaşnaşi uçun bor kuç va ikmoniyatlarimizni işga soliş, tajribalarimizdan foydalanişni yuragimizga joyladik.

Abduvosit Xolmatov,

“Nuroniy” jamoatçilik kengaşi aʼzosi,

 “Şuhrat” medali sohibi.

By Behzod

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan