“Nuroniy” gazetasining 2026 yil 23 sentyabrdagi 38-sonida çop etilgan Murojaatni öqib…
Mamlakatimizda nuroniylarning ijtimoiy faoliyatini qöllab-quvvatlaşga qaratilgan tizimli işlar, keksa avlod vakillariga körsatilayotgan ğamxörlik va eʼtibor faol nuroniylarga kuç-ğayrat bağişlamoqda va ular joylarda keçayotgan jadal islohotlarning samaradorligini taʼminlaşda zimmalaridagi masʼuliyatli vazifalarni yuqori talabçanlik bilan ado etib kelmoqdalar.
Maʼlumki, “Nuroniy” gazetasining 2026 yil 23 sentyabrdagi 38-sonida “Nuroniy” jamğarmasining kambağallikni qisqartiriş umummilliy harakatida faol iştirok etişlari uçun yurtdoşlarimizga “Yurtning kuçi birlikda, qadri esa tinçlikdadir” şiori ostida Murojaati yöllandi.
Murojaatni katta hayajon va masʼuliyat hissi bilan qayta-qayta öqib çiqdik. Öta taʼsirçan mazmunga ega uşbu murojaat tuman (şahar) bölimlarida, mahallalarda muhokama etilib, nuroniylar özlariga dolzarb vazifalarni belgilab olmoqdalar.
Murojaat matni jamğarmaning Namangan viloyati bölimining barça bölinmalariga yetkazilib, joylarda uning mazmun-mohiyatini keng jamoatçilikka, xususan, nuroniylarga yetkaziş, belgilangan vazifalarni amalga oşirişga qatʼiy kirişiş topşirildi. Uşbu Murojaat “Kambağallikdan — farovonlik sari” umummilliy harakatida yangi tölqin bölib, barçani faollikka çorlaşi şubhasiz, albatta.
Murojaatda haqli taʼkidlanganidek, boqimandalik kayfiyatiga tuşgan xonadonlar farzandlari ham uşbu illatga örganib qolmoqda. Ularga farzandlari baxtu saodati uçun harakat qilişlari, kasb-hunar örganib, şu orqali oilasiga baraka olib kirişlari kerakligini, biz — Ikkinçi jahon uruşining eng oğir yillarida ham juda katta mehnat evaziga janggohlardagi millionlab askarlarni oziq-ovqat va kiyim-keçak bilan taʼminlagan xalqning farzandlari ekanimizni tuşuntirişimiz lozim.
Haqiqatan ham, amaliy saʼy-harakatlar jarayonida boqimandalikni “kasb” qilib olgan xonadon egalari bilan bevosita işlab, ularning dunyoqaraşini tamomila özgartiriş, ongi va qalbida mehnatga, işlaşga iştiyoqni oşiriş, aniq bir ezgu maqsad yölida harakatga keltiriş, taʼbir joiz bölsa, ularni “uyğotişimiz” zarur. Buning uçun özimizdagi bor bilim-malaka va tajribadan şu qadar ustalik bilan foydalanişimiz lozimki, ular “davlat va hukumat menga nima berdi” deb emas, balki “men öz kuçim, bilim, iqtidorim va mehnatim bilan avvalo, oilamga, undan keyin mahallamga, Vatanimga nima bera olişim mumkin” degan savolni köndalang qöyişi kerak.
Murojaatda davlat va jamoat taşkilotlari va idoralari bilan hamkorlikda amalga oşiriladigan vazifalar aniq belgilanganki, ularni amalga oşiriş uçun bizdan faqat va faqat ğayrat-şijoat hamda faollik talab qilinadi.
Abduraşid Boltaboyev,
Namangan viloyati.