Örol ÇÖTBOYEV,

“Nuroniy” jamğarmasi Şörçi tumani

bölimi raisi.

Bugun mamlakatimizning har bir hududida öziga xos bunyodkorliklar amalga oşirilmoqda va xalqimiz hayotiga yangilanişlar kirib bormoqda. xususan, Surxondaryo viloyati ham sönggi 9-10 yillarda butunlay yangi, zamonaviy qiyofa kasb etdi.

Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyevning Surxondaryo viloyatiga bu galgi taşrifi ham viloyat ahli uçun yangiliklar va quvonçli voqealarga boy böldi. Viloyatimizning har tomonlama rivojlanişi, mavjud imkoniyatlardan foydalanib, voha aholisining işbilarmonlik, tadbirkorlik salohiyatini yanada yuksaltiriş uçun yetarliça mablağ ajratilişi kelgusida hududning gullab-yaşnaşi, xalqimizning turmuş darajasi yanada yaxşilanişini taʼminlaşi şubhasiz.

Yana bir muhim özgariş, viloyatimiz xalqining toza içimlik suvi bilan taʼminlanişi böldi. Şu yilning özida 10 ta tumanning 223 ta mahallasiga toza içimlik suvi yetib bordi. Endilikda kambağallik va işsizlik darajasini kamaytirişda yangi bosqiçga çiqiş rejalangan. Buning uçun 3 milliard dollarlik investitsiya kiritilişi va 1 milliard dollarlik mahsulot eksport qilinişi közda tutilmoqda. Pirovard maqsad esa Termiz şahri, Angor, Denov, Jarqörğon, Qiziriq va Muzrabod tumanlarining “kambağallik va işsizlikdan xoli hudud”ga aylanişiga erişişdir.

Prezidentimiz taşrifidan söng umumiy hisobda 7,1 milliard dollarlik 44 ta loyihani işga tuşiriş belgilandi. Şörçi tumanida 53 ta mahalla bölib, 240 ming aholi istiqomat qiladi. Prezidentimiz topşiriqlari asosida nuroniy otaxonlarimiz, hoji onalarimiz yurtimizning gullab-yaşnaşi uçun har bir mahallada xonadonlarning obodligi, oilaviy va ijtimoiy muhit soğlom bölişi, mahallalarda tinçlik, ahil qöşniçilik aloqalarining mustahkamlanişiga masʼul ekanini çuqur his qilib, zimmasidagi vazifalarning samaradorligini oşirişga astoydil harakat qilmoqdalar.

Şu qatorda, köklam munosabati bilan mahalla obodligiga eʼtiborni kuçaytirib, tomorqadan möl hosil oliş, xalqimizning turmuş darajasini yaxşilaşga kömaklaşamiz. Uylar va köça atroflariga köçat ekib, mahallani, köça-köyni obodonlaştiriş, kökalamzorlaştirişni yölga qöyamiz.

Şuni alohida taʼkidlaşni xohlardimki, hurmatli Prezidentimizning Surxonga taşrifi, nuroniylar, yoşlar bilan keçgan muloqot, masʼullar va mutasaddilarga berilgan topşiriqlar — barçasi voha aholisining ğayratiga ğayrat qöşdi. Kelajakka işonç bilan dadil odimlaş sari ilhomlantirdi.

By Behzod

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan