“Keksalar haftaligi” tadbiri doirasida “Nuroniy” jamğarmasi Şörçi tumani bölimi raisi Örol Çötboyev boşçiligida bir guruh faol nuroniylar 103 yoşni qarşilagan Dösqobil bobo Yusupov xonadonida böldilar.

Uçraşuv davomida uzoq umr va boy hayotiy tajriba sohibi bölgan otaxon bilan samimiy suhbat qurilib, u kişining duolari olindi. Otaxonga “Nuroniy” jamğarmasi respublika Boşqaruvining tabrigi yetkazilib, esdalik sovğalari topşirildi.

Dösqobil bobo 1923 yil 4 may kuni kolxozçi oilasida tavallud topgan. Otaxon yoşligidan mehnatda çiniqib, 14 yoşidan Tojikiston Respublikasining Qösangir tumanidagi kolxozda mehnat faoliyatini boşlagan. Keyinçalik kolxozda aravakaşlik qilib, halol mehnati bilan el orasida hurmat-eʼtibor qozongan.

Ikkinçi jahon uruşi yillarida frontga safarbar etilmagan bölsa-da, Dösqobil ota front ortida fidokorona mehnat qilib, buyuk ğalabaga ulkan hissa qöşgan. 1960 yilda avtomaktabda tahsil olib, haydovçilik kasbini egallagan. Şundan söng  kolxozda haydovçi bölib, uzoq yillar davomida samarali mehnat qilgan. 1985 yilda nafaqaga çiqqan otaxon xalq xizmatidan  töxtamagan. Mahallada tegirmon oçib, aholiga beminnat yordam körsatgan, el oğirini yengil qilgan.

Dösqobil bobo 5 öğil, 1 qizni el-yurtga naf keltiradigan, mehnatsevar va halol insonlar etib tarbiyalab, voyaga yetkazgan. Bugungi kunda 26 nafar nevara, 35 nafar çevara hamda 1 nafar evarasi davrasida ardoqli bobo sifatida umrguzaronlik qilmoqda.

Tabarruk otaxonning hayot yöli — mehnatsevarlik, sabr-toqat, elga xizmat qiliş va oilaga sadoqatning yorqin namunasidir. U kişining mazmunli hayoti, bosib ötgan şarafli yöli yoş avlod uçun munosib ibrat maktabi bölib xizmat qilişi şubhasizdir.

Dilşoda Alimova,

“Nuroniy” jamğarmasi

Şörçi tumani bölimi mutaxassisi.

By Behzod

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan