Jizzax viloyati Ğallaorol tumanida tabArruk yoşli otaxon yaşaydilar. Bu serğayrat otaxonni körganlar 100 yoşdan ötganiga aslo işonişmaydi. Otaxon farzandlari, nabiralariga: “Harakatda — barakat, şunga qodir qilib qöygan Allohimga şukr, meni avaylab, iş qildirmaysizlar, ammo zarar berayotganingizni bilmaysiz”, deya ularning qölidan işini oladi. Boğda köçat ekiş, daraxtlarga, toklarga işlov beriş, ötin yoriş kabi yumuşlarni hamon özi bajaradi.
Abdurahmon ota Örolov 1932 yil 9 mayda tuğilgan. 1953 yilda Lalmikor qörğonidagi 22-sonli maktabni tugatib, kadrlar yetişmasligi tufayli maktabda öqituvçilik qila boşlagan. Keyinçalik Samarqand davlat universitetida öqib, oliy maʼlumot olgan Abdurahmon ota qirq yillik pedagoglik faoliyati davomida köplab şogirdlarni tarbiyaladi. Hozirda ular jamiyatimizning turli sohalarida mehnat qilmoqdalar.
Otaxonning xonadonidan ziyoratga keluvçilarning qadami uzilmaydi. Katta-yu kiçik mehmonlar tabarruk otaxonning duolarini olişga, suhbatidan bahramand bölişga oşiqadi.
— 100 yoşga yaqinlaşdim desam, heç kim işonmaydi, şuning uçun tuğilganlik haqidagi guvohnomamni olib yuraman, — deydi otaxon jilmayib. — Nari borsa, oltmiş beş — yetmiş yoşdasiz, deydi köplar. Ilohim, har doim sen aytgan yoşdagidek bölib yuray, deyman kulib. Uzoq umr körişimning sababini söraşadi. Avvalo, Alloh bergan umr, keyin bandaning öziyam sababçi böladi, deyman. Birovga yomonlik soğinmayman, könglimda gina saqlamayman. Kimdir yomonlik qilsa ham, tez unutaman. Yaxşi odamlarga, omadlilarga, yutuqlarga erişganlarga har doim havas bilan qarayman. Bolalarim ham şunday omadli bölsin, deb niyat qilaman. Yordamga muhtoj odamni körsam, darrov kömakka oşiqaman. Ovqatlanişimga eʼtiborliman, kuçli, hazmi oğir taomlardan ehtiyot bölaman. Har doim harakatdaman.
Darhaqiqat, otaxon sira tinib-tiçimaydi. Oğir mehnat qilmasa-da, boğdagi daraxtlarni butaş, köçatlarni payvandlaş, qurigan şoxlarini kesiş, ötin çopiş kabi işlarni mehr bilan bajaradi. Otaxonning közlari hali közoynakka ehtiyoj sezmaydi, eşitişi yaxşi. Fikrlari tiniq, biror sohadan söz oçilsa, sanalar va faktlarni aniq keltirib beradilarki, quvvai hofizalarining kuçiga qoyil qolasiz. Tört nafar farzandining hammasi özidan tingan, bari nafaqada, nevaralari, evaralari bir mahalla bölib ketgan.
Qirq yillik öqituvçilikdan nafaqaga çiqqan otaxon yigirma yilga yaqin mahalla raisi bölib faoliyat olib borganlar. Mahalla ahlida nima muammo bölsa, hammasiga yordam berib, maslahatini ayamagan. Uning saʼy-harakati bilan ajrim yoqasiga kelib qolgan köplab oilalar saqlanib qolgan. Bugungi kunda baxtli hayot keçirayotgan bu oilalar farzandlari, nabiralari bilan kelib, otaxonning duosini olib ketişadi.
Abdurahmon otani maktablarga, mahalladagi yoşlar bilan uçraşuvlarga tez-tez çaqirib turişadi. Otaxon yoşlarga boşidan ötkazgan qiyin kunlari, qimmatçilik, qahatçilik yillari haqida gapirib beradi. Bugungi dorilomon kunlarning qadriga yetiş, vaqtni zararli işlarga sarflamay, öqib, işlab, Vatan ravnaqiga öz hissalarini qöşişga çaqiradi. Davlatimiz rahbari tomonidan berilayotgan imtiyozlardan unumli foydalanib, kelajak hayotini töğri yölga qöyiş uçun harakatni bugundan boşlaş lozimligini uqtiradi.
Şunday tabarruk duogöylari bor uy, mahalla, tuman, viloyat, butun mamlakat yoşlariga yot ğoyalar, buzğunçiliklar çang sololmasligiga işonamiz, çunki azim çinorlarimiz, mustahkam qörğonlarimiz — otaxonlarimiz öz duolari bilan balo-qazolardan qöriqlab turadilar.
Asolat AHMADQULOVA,
“Nuroniy” muxbiri.