Alişer Navoiy tavalludining 585 yilligi

Buyuk bobokalonimiz Alişer Navoiy adabiy va ilmiy merosi qariyb olti asrdan buyon muttasil örganib kelinmoqda. Savol tuğiladi: bugungi kunda benazir şoir ijodiy merosiga neçoğli ehtiyoj bor? Alişer Navoiy nomidagi Toşkent davlat özbek tili va adabiyoti universiteti Özbek adabiyoti tarixi va matnşunoslik kafedrasi mudiri, navoiyşunos olim, filologiya fanlari doktori, professor, ustoz ijodkor  Nurboy Jabborov bilan suhbatimiz şu haqda böldi.

— Domla, buyuk şoir va davlat arbobi, uluğ alloma Alişer Navoiy ijodini qanday taʼriflagan bölar edingiz?

— Hazrat Alişer Navoiy insonni ikki toifaga böladi: surat ahli va maʼni ahli. Surat ahli hamma narsaning faqat taşqi, zohiriy jihatlarinigina anglaydi, asl mohiyatga yeta olmaydi. Bu toifadagi kişilar köpçilikni taşkil etadi. Maʼno ahli esa har bir hodisaning zohiriyu botinini birday teran idrok etadi. Uning nazarida butun mohiyat xuddi oynadagi kabi ayon bölib turadi. Surat ahli — oddiy avom bölsa, uluğ şoiru adiblar, olimu fozillar, avliyolar va nabiylar maʼno (yoki maoniy) ahliga mansubdir. Avom deganda faqat oddiy xalqni tuşunmaslik kerak. Joh ahli — moddiy boylik, mansab va şon-şuhrat egalari ham agar maʼnodan bebahra qolsa, avom qatorida böladi. Aksinça, zohiran oddiy bölib köringan kişi ham maʼno olamida yuksak martabada bölmoği mumkin.

“Lison ut-tayr”da er kişini himmat uluğlaşini taʼkidlar ekan, uluğ şoir mana bunday yozadi:

 

Erga himmatdin berur yuz eʼtibor,

Johu mulku ganjning ne daxli bor.

 

Mol ölub gar yöq kişining himmati,

Maʼni ahli ollida yöq izzati.

 

Demak, buyuk mutafakkir dunyoqaraşiga köra, maʼni ahli nazdida johu mulku ganjning zarraça ham eʼtibori yöq va uluğ darajadagi bu toifaning izzatiga faqat himmat orqaligina erişmoq mumkin.  Maşhur tarixçi Ğiyosiddin Xondamir taʼbiri bilan aytganda, hazrat Alişer Navoiy “heç qaçon himmat etagiga foniy dunyo moliga muhabbat ğuborini, bu jahon aşyosiga qiziqiş gardini yuqtirmagan”i uçun ham maʼno olamida yuksak rutbaga kötarilgan. Men, bir söz bilan hazrat Alişer Navoiyni maoniy ahlining sohibqironi, deb atagan bölar edim.

— Bugungi kunda insoniyat hazrat Alişer Navoiy ijodiga qançalik ehtiyoj sezmoqda?

— Alişer Navoiy adabiy merosi barça zamonlar, jumladan, bugungi davr uçun ham hayotiy zaruriyatdir. Uluğ mutafakkir asarlari nainki muayyan xalq yoki millatni, balki butun başariyatni maʼnaviy tanazzuldan qutqara oladigan quvvatga ega. Hamma gap ul zotning bebaho asarlarini muttasil mutolaa etiş va undagi yuksak ğoyalardan munosib foydalana olişda. Globallaşuv şiddati dunyoni tobora kengroq miqyosda tasarrufiga olayotgan, geosiyosiy vaziyat borgan sayin keskinlaşib, manfaatlar töqnaşuvi kişilik jamiyatining buguni va kelajagiga tahdid solayotgan bir zamonda hazrat Alişer Navoiy asarlariga bölgan ehtiyoj tobora kuçayib bormoqda. Nima uçun? Çunki buyuk bobokalonimiz asarlari insonni axloqan komil bir maqomga kötaradi, maʼnaviy illatlarni muolaja etadi.

Odamzodning tabiati qiziq. Butun ongu şuurini egallab olgan loqaydligu beparvolik uni mudom taʼqib etadi. Aqlu tafakkurini aksar hollarda keç işlatadi. Boy berilgan imkoniyat, isrof qilingan vaqt oldida köpinça ojiz qoladi. Aks holda bugun dunyoning turli burçaklarida keçayotgan notinçligu odamkuşlik röy bermas edi. Terrorizm balosidan heç kim jabr çekmas, ekstremizm vabo singari qutqu sololmagan bölar edi…

Tinçlik va osoyiştalik şunday bir neʼmatki, odamzod uning qadrini köpinça boy berilgandagina anglaydi. Holbuki, uni öz vaqtida qadrlamoq kerak. Uluğ mutafakkir hazrat Alişer Navoiy bundan qariyb olti yuz yil narida turib, köngillarni ana şu haqiqat nuri bilan yoritib turibdi:

 

Uyki, adno tebranur sokinga xotir jamʼ emas,

Ne ajab, gar amn yöqtur gunbadi gardon aro.

 

Baytdagi “adno” — “ozgina”, “sokin” — “yaşovçi” maʼnosida kelgan. Ikkinçi misradagi “amn” — “tinçlik”, “gunbadi gardon” — “aylanib turuvçi falak” demakdir. Modomiki, uy ozgina tebranar ekan, unda yaşayotgan odam xotirjam böla olmaydi. Şunday ekan, mudom aylanib turuvçi falak içra osoyiştalik yöqligi aslo ajablanarli emas, deydi buyuk adib. Tinçlikka, xotirjamlikka erişmoq oson emasligi ifodalangan uşbu baytda.

“Badoyeʼ ul-vasat” devonidagi mana bu baytda yuqoridagi fikrning mantiqiy davomini kuzatiş mumkin. Jahon osoyişiga erişmoq oson emasligi ayon. Biroq hammasi niyatga yaraşa böladi. Agar inson özini özi muşkulotga duçor qilmasa, osoyişga osonroq ham erişmoq mumkin:

 

Jahon osoyişin ollingda muşkul qilmakim, bordur

Tutay muşkul desang — muşkul va gar oson desang — oson.

 

Hazrat Alişer Navoiy ögitlari — insoniyatni baxtu saodatga eltuvçi yölçi yulduz. Darhaqiqat, osonlik ham, muşkulot ham insonning öziga: xulqiga, niyatiga, amaliga boğliq. Bu ögitga amal qilgan odam heç qaçon osonni muşkulga aylantirmaydi. Aksinça, muşkulni oson qiliş yölini tutadi.

“Umrni ğanimat bil, sihhat va amniyatqa şukr qil”. Buyuk adibning “Mahbub ul-qulub” asaridan olingan bu sözlari neçoğliq hayotiy va köngilga yaqin-a! Yaʼni hayotingning har bir daqiqasini ogohlik bilan ötkaz, nima uçun yaratilganingni, zimmangda qanday masʼuliyat borligini yodingdan çiqarma, demoqçi şoir. “Sihhat va amniyatqa şukr qil!” Qadim tarixga va beqiyos madaniyatga ega xalqimiz duo qilar ekan, Yaratgandan ikki neʼmatni söraydi:  soğlik va tinçlik. Ana şu neʼmatlar uçun şukrona bildiriş ham millatimizning asl tabiatiga xos. Uluğ mutafakkir asarlari ana şu asl mohiyatni ifodalagani jihatidan ham heç bir zamonda eskirmaydi. Avlodlar qalbini maʼrifat ziyosi bilan mudom yoritib kelayotgani sababi şunda.

Buyuk mutafakkir “Tarixi anbiyo va hukamo” asarida Luqmoni hakim tilidan mana bu eʼtirofni yozadi: “…borça yukni torttim, burçdin oğirroq yuk körmadim va borça lazzatni tottim, ofiyatdin çuçukrok şarbat totmadim”. Yaʼni inson zimmasidagi burçni unutişga haqqi yöq. Dunyodagi eng totli neʼmat esa, tinçlik va osoyiştalik. Bu neʼmatga erişganlar çin maʼnoda baxtiyordirlar.

Alişer Navoiy ijodini örgangan kanadalik olim Garri Dik mana bunday yozadi: “Biz millatimizni tarbiyalaş uçun çin sanʼatkorlarga muhtojmiz… Haqiqiy taraqqiyot taşqarida emas, insonning yuragida sodir bölişi kerak. Biz Navoiydek şoirlarning öz tilimizda köproq sözlaşlari va kişilarning ulardan köp narsalarni örganişlariga muhtojmiz”. Bu eʼtirof zamirida çuqur maʼno bor. Buyuk bobokalonimizning tinçlik va osoyiştalikka daʼvat ölaroq bitilgan hikmatlari ham buni tasdiqlaydi. Ular xuddi bugungi kun uçun yozilgandek. Insoniyat çin maʼnoda saodatga erişmoği uçun ana şu hikmatlar mağzini çaqmoği, ularga amal qilmoği zarur. Bu hali masalaning birgina jihati. Bani başarni dunyoparastlik, hirsu havas, nafsu havo botqoğidan olib çiqişda ham buyuk Navoiy ögitlari yölçi yulduzdir. Vatanparvarlik, millatparvarlik tuyğulari yoş avlod qalbi va ruhiga uluğ bobokalonimiz ögitlari orqali osonroq va çuqurroq singadi. Hamma gap uni öqiş va uqişda.

— Alişer Navoiy merosini mukammal örganiş  şaxsan Sizga nima berdi?

— Buyuk bobokalonimiz merosini örganiş mening qalbimga insonni komil, jamiyatni mukammal köriş orzusini joyladi. Umrni behuda yumuşlarga sovurmaslik, vaqtni qadrlaş, odam va olamning mohiyatini anglaş tuyğusini soldi könglimga.

 

Har nafasing holidin ogoh böl,

Balki anga huş ila hamroh böl.

Boştin ayoğiğaça qil sarfi Haq,

Tengri sanga yor, öqusang bu sabaq.

 

Masalaning muhim bir jihatiga alohida eʼtibor qaratiş zarurati bor. Hazrat Navoiy bu fikrlarni nazariy qaraşlari sifatida bayon qilibgina qolmay, hayotda ham şunga töliq amal qilgan. “Har nafasing holidin ogoh böl, Balki anga huş ila hamroh böl” deganlarida özlari mansub xojagon-naqşbandiya tariqatidagi “Huş dar dam” raşhasi mohiyati badiiy talqin etilgani bunga dalildir. Maʼlumki, unga köra, içkaridan çiqayotgan har bir nafas ogohlik va huzur yuzasidan bölişi, ğaflat unga heç yöl topmasligi kerak. Bu — hazrat Navoiydek ogoh zotlarning hayot tarzi. Biroq bunday saodatga noil böliş hammaga birday nasib etmasligi ham ayon haqiqatdir.

Olimlar “inson” va “nisyon” (“unutuvçi”) sözlarining özaro aloqador ekanini aytadilar. Darhaqiqat, Odam bolalarining tabiati unutişga moyil. Inson botindan köra zohirga köproq eʼtibor beradi. Öz mohiyati haqida tafakkur qiliş borasida undan ham köra yalqovroği yöq. Nima uçun yaratilgani, zimmasida qanday masʼuliyati borligi xususida köp ham öylayvermaydi. Xöş, u har nafasi holidan ğaflatda qolsa nima böladi? Hazrat Navoiy ijodining xos xususiyatlaridan biri şundaki, ul zotning asarlarida mavzu mufassal tadqiq qilinadi, nuktadonlik bilan tahqiq etiladi. Dunyoda nima yomon — ğofillik yomon. Bundan ham yomoni, insonning ogohlikdan köra ğaflatga moyilroq ekanidir. Özining ğaflatda qolganini anglaş ham baxtdan nişona. Ğofil bölsa-yu ğaflatda ekanini ham his etmasa, badbaxtlik bundan ortiq bölmas. Uluğ bobokalonimiz ana şu holni tasvirlar ekan, kişiga undan ham oğir motam yöqligi haqidagi xulosaga keladi.

Inson hazrat Navoiy kabi uluğlar merosidan bahra olmasdan ham ölmay tirik yaşaşi mumkindir, balki. Lekin bunday tiriklikda biror maʼni bormi? Bunday hayotga havas qilib böladimi? Albatta, yöq. Özi yaşayotgan har bir lahzani qadrlaş, uni maʼnaviy kamolotga erişmoq uçun berilgan imkon deb biliş odamzod umriga ziynat bağişlaydi. Uni komillikka çorlaydi. Ana şunday kişilari köp bölgan jamiyat, şubhasiz, ravnaq topadi. Buyuk Navoiy merosi qalbimga ana şunday hikmatlarni soldi. Endi hamma gap ularga munosib darajada amal qila bilişda. Bu yölda jiddu jahd etmoq uçun ğayrat va şijoatni, ilm va maʼrifatni ham buyuk bobokalonimiz ögitlaridan oliş mumkin. Nazarimda, ana şunday tuyğular bilan yaşaş uluğ baxtdir.

– Mazmunli va samimiy suhbat uçun taşakkur!

Nazokat Usmonova

suhbatlaşdi.

ÖzA.

By Behzod

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan