Odatda, uluğ yoşdagi insonlarning sport bilan muntazam şuğullanişi, jamoaviy tarzda maşğulotlar ötkazişini kunçiqar mamlakatlar yoki Yevropa davlatlari tajribasida tez-tez uçratamiz. Ammo bugun bunday ijobiy manzara bizda ham anʼanaga aylanib, tobora ommalaşib borayotgani quvonarli.
Xususan, Çilonzor tumanidagi “Xayrobod” mahallasida istiqomat qiluvçi 20 nafardan ortiq buvijonlar soğlom turmuş tarzini kundalik odatga aylantirib, hududdagi 202-maktabning sport zalida haftasiga 3 marotaba maxsus çiniqiş va gimnastika maşqlarini bajarişmoqda.
Yoşga mos ravişda tanlangan bu maşğulotlar qon aylanişini yaxşilaş, böğimlar harakatçanligini oşiriş va umumiy tetiklikni taʼminlaşga xizmat qilmoqda. Birgalikdagi uçraşuvlar nuroniylar uçun şunçaki sport emas, balki özaro diydorlaşuv va hamfikrlar bilan dildan suhbatlaşiş maydoniga aylanib ulgurgan.
— Uzoq yillar tibbiyot sohasida işlaganim sababli harakatning inson salomatligi va umr davomiyligi uçun qançalik muhimligini yaxşi bilaman, — deydi maşğulot iştirokçisi Zumrad Mansurova. — Umr ötgani sayin kamharakatlilik turli xastaliklarga sabab böladi. Maşğulotlar esa nafaqat qon bosimimiz va böğinlarimiz holatini meʼyorda uşlaş, balki kun böyi yuqori kayfiyatda bölişimizga yordam bermoqda.
Yana bir eʼtiborli jihati, tumanning köplab mahallalarida aholi örtasida soğlom turmuş tarzi keng tarğib etilmoqda. Jumladan, “Bahoriston”, “Lutfiy” va “Naqqoşlik” mahallalarida faol nuroniylar iştirokida “5000 qadam” piyoda yuriş tadbirlari ötkazib borilyapti.
Ha, ularning bu kabi yuksak intilişi va ğayratini körgan maktab öquvçilari hamda mahalla yoşlarida soğlom hayot tarziga bölgan iştiyoq yanada kuçayişi aniq.
Nafisa SUVONOVA,
“Nuroniy” jamğarmasi Çilonzor tumani bölimi mutaxassisi.