Soğlom hayot keçiriş uçun töğri ovqatlaniş ğoyat muhim. Turkiyalik mutaxassis diyetolog Gönül Tuba Tarıkahya Ciğerli bu borada 10 ta oltin qoidani quyidagiça taʼkidlaydi:

– Ertalab uyğongandan söng 1 soat içida nonuşta qiliş kerak. Nonuşta stolida, albatta, pişloq, pomidor, bodring, zaytun, tuxum, kepak yoki javdar noni bölsin.

– Tuşlik va keçki ovqat uçun tovuq, baliq, kurka göştidan, albatta, tanovul qiling. Soğlom turmuş tarziga amal qiladigan kişilar haftada ikki marta baliq yeydilar.

– Ovqatlaringiz haddan taşqari yoğli va şör bölmasin.

– Har kun kamida ikki dona sabzavot va uç dona meva isteʼmol qiling. Mevaning şarbatidan köra, özini yeyiş afzal.

–  Tuşlik, keçki ovqat dasturxonida salat ham bölsin.

–  Har kun kamida bir hovuç yonğoq (pista, bodom, funduk) isteʼmol qiliş kerak.

–  Ziravorlar, ayniqsa, zanjabil va sarimsoq salomatlik uçun juda foydali.

–   Kamida 4 stakan/piyola çoy içing. Çunki çoy qondagi xolesterinni pasaytiradi;

–  Tana uglevod, protein, yoğ, vitamin va minerallarga ehtiyoj sezadi. Şu sababdan, parhez qiliş tavsiya etilmaydi. Muntazamlik va meʼyor kifoya;

– Tamaki va alkogol mahsulotlaridan uzoq turing.

Eng muhimi, nonuştani unutmang, (ertalabki tamaddini ötkazib yuboriş miyani zaiflaştiruvçi omillardan sanaladi). Meva va sabzavotlarni, göşt mahsulotlarini, yonğoqlarni hafta davomida muntazam isteʼmol qiliş kerak. Zararli odatlardan voz keçiş zarur. Agar eʼtibor bersangiz, şakar haqida mutlaqo söz yuritilmagan. Yaʼni şakarni ratsiondan butunlay çiqarib taşlagan maʼqul. Örniga asal, meva va sabzavotlar tavsiya etiladi.

By Behzod

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan