Mamlakatimizda soğlom turmuş tarzini yölga qöyiş, aholi orasida soğlom turmuş tamoyillarini keng tarğib qiliş, jismoniy faollikni kuçaytiriş, aholining turli yoş toifasidan qatʼi nazar, sport bilan şuğullanişini rağbatlantiriş va pirovard natijada aholi salomatligini saqlaş ijtimoiy barqarorlikni mustahkamlaşda hal qiluvçi omillardan biriga aylanib ulgurgan. Mazkur jarayonda, eng muhimi, soğlom turmuş tarzi ahamiyatini aholi çuqur anglab yetmoqda.
Mamlakatimizda soğlom turmuş tarzini şakllantiriş, faollikni oşiriş va ommaviy sportni rivojlantiriş böyiça bir qator çora-tadbirlar amalga oşirilmoqda. Xususan, “Soğlom hayot sari 5000 qadam” şiori ostida taşkil etilayotgan piyoda yuriş tadbirlari hududlarda qizğin davom etmoqda. Endilikda joylarda erta tongdan guruh-guruh bölib piyoda sayr qilayotgan, yengil jismoniy maşqlar bajarayotgan keksa-yu yoşni uçratiş qiyin emas. Albatta, uşbu jarayonda hududlarning qulay va zamonaviy infratuzilmasi ham katta ahamiyatga ega.
Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumanida aholi ertalabki badantarbiya maşğulotlariga qiziqiş bildirib, faol iştirok etmoqda. Jumladan, tuman hokimligi, Yoşlar işlari agentligi hamda “Nuroniy” jamğarmasi Sariosiyo tumani bölimi hamkorligida ötkazilgan tadbirda yoşlar, nuroniylar, faol fuqarolar qatnaşdi. Jarayon mobaynida 5 ming qadam piyoda yuriş, ertalabki badantarbiya hamda soğlomlaştiriş maşqlari bajarildi. Bu kabi maşğulotlar aholining soğlom turmuş madaniyatini şakllantirişda, jamiyat farovonligi va barkamol avlod tarbiyasida muhim omil bölmoqda.
Şuningdek, Namangan viloyatining Pop tumanida ham aholi salomatligini mustahkamlaş, soğlom turmuş tarzini qaror toptiriş, jismoniy faollikni oşiriş hamda aholi örtasida soğlom hayot tamoyillarini keng tarğib etiş borasida tizimli işlar amalga oşirilmoqda.
Xususan, fuqarolarning kundalik hayotida piyoda yurişni jismoniy faollikning samarali şakli sifatida keng joriy etiş, böş vaqtini mazmunli taşkil etiş, aholi, ayniqsa, yoşlarni muntazam harakatlanişga jalb qiliş maqsadida mahallalarda zarur infratuzilma yaratilmoqda. Bu borada piyodalar yölaklari va sayr hududlarini obodonlaştiriş, aholi uçun jismoniy tarbiya bilan şuğullaniş maqsadida qulay şart-şaroitlarni kengaytirişga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Quvonarlisi, saharmardondan turib, piyoda yurişga çiqqan popliklar kayfiyatida kötarinkilik, şukronalik tuyğularini seziş mumkin.
Aholini soğlomlaştirişga qaratilgan bunday ommaviy tadbirlar jamoatçilikning soğliğini yaxşilaşga, balki jamoaviylik, şuningdek, ekomadaniyatni yuksaltirişga xizmat qilayotgani bilan ahamiyatli.
Suğdiyona SOBIROVA,
“Nuroniy” muxbiri.