Buxoro viloyatining Jondor tumanida yaşovçi Temur bobo oy boşida ham, yil boşida ham “Yaxşiliklar, xursandliklar köp bölsin!” — degan tilakni könglidan ötkazadi. 2026  yil boşida “Nuroniy” jamğarmasi tuman bölimi raisi Jamol Aşurov u va turmuş örtoği Maʼqul momoni 86 yoşi munosabati bilan yöqlab keldi. Ularning oila qurganlariga 65 yil tölişi sababli şukrona tadbiri ötkaziş rejalaştirilganligini aytganida otaxon juda  xursand böldi.

— Keça bolalarimiz ham şu haqda gapirişgandi. Umr — oqar daryo deganlari rost ekan. Maʼqul momongiz bilan oila qurganimizga 65 yil bölibdi-ya, — deydi otaxon dilda şukr bilan.

— Bu yillar oson keçmagani maʼlum, — gapni ulab ketdi rais. — Halol mehnat qilib, obrö-eʼtibor topdingiz. 10 nafar farzandni  tarbiyalab voyaga yetkazdingiz. 86 yillik umringiz, fidoyi mehnatlaringiz yoşlarga ibrat, albatta. Tadbirda şular haqida sözlab berasiz…

Darhaqiqat, Temur bobo va Maʼqul momo ibratli hayot keçirişdi. Bu ikki sinfdoşning bolaligi Ikkinçi jahon uruşi davriga töğri keldi. Davrning oğirligi  kattalarnigina emas, voyaga yetmagan bolalarni ham sabrga, mehnatga  röbarö qilib qöydi. Hali  mayda örim soçining jamalagi yeçilmagan  Maʼqulbeka yettinçi sinfdan keyinoq dalaga işga çiqib ketdi. Oilaning yolğiz öğli bölgan Temurbek esa dadasining istagi bilan  öninçi sinfni tamomlab, Toşkentga öqişga ketadigan böldi.

— Men Toşkentga ketsam, Maʼqulbekani boşqaga uzatib yuborişsa nima böladi? — dedi u jurʼat topib dadasi — taniqli paxta brigadiri  Şukurjon Röziyevga.

— Uzatib yuborişsa, baxtli böladi. Maʼqulbeka juda mehnatkaş, odobli qiz, — dedi dadasi xotirjamgina.

— Unaqa bölsa, Toşkentga bormayman, — dedi Temurbek öjarlik bilan…

Xullas, Şukurjon brigadir öğlining könglini tuşundi.  Toşkentga ketişdan avval, 18 yoşidayoq ikki sinfdoşning nikoh töyini ötkazdilar. Temurbek Toşkent  tibbiyot texnikumida tahsil olgan davrida kelinçak  Maʼqulbeka qaynonasi Xadiça ona bilan qişloqda ustoz — şogird bölib yaşadi.

— Rözğor yumuşi, oş-ovqat tayyorlaşni qaynonamdan örgandim. Joylari  jannatdan bölsin Xadiça onamning! — deydi momo. — Ketma-ket tuğilgan bolalarimni özlari beşikka solib, beşikdan yeçib, kötarib yurardilar. Men ularning hurmatlarini joyiga qöyişga harakat qildim. Ular esa meni asrab-avaylab, hayotga örgatdilar.

Hayotda har bir işning öz hikmati bor. Yolğiz öğli — Temurjonni barvaqt uylagan Şukurjon brigadir töydan bir yil ötib-ötmay, tasodif bilan olamdan ötib qoldi. Oilaning hamma zalvori Xadiça ona bilan keliniga qoldi. Temurjon texnikumni tamomlab, institutga kirmay qaytib keldi. Şundan buyon ön farzand voyaga yetdi. Hayotning oğir-yengil kunlari bu sinfdoş juftlikning sabr-bardoşi, matonatini çarxlab, imtihondan ötkazaverdi.

Ahillik, mehnatkaşlik, bir-birovini tuşuniş, muhabbat faqatgina kitoblarda yozilgan bölmay, aslida haqiqat ekanligini Temur bobo va Maʼqul momo birgalikda isbotlab qöyişdi.

Farzand tarbiyasida ibrat eng yaxşi saboq böladi, deganlaridek, olti qizu tört öğilning tarbiyasi gözal, halolligi xavasga loyiq, bir-biriga mehribon bölib ulğayişdi. Qizlari Muhtaramxon, Olimaxon, Dilşoda, Mehriniso, Maşhura, Dilnozalar onasidan ibrat olib, olti xonadonning oqila bekalari böldilar. Öğillari Baxtiyorjon, Ixtiyorjon, Boburjonu Ğolibjonlar esa Temur boboning pandu ögitlari bois, ilmli, hunarli, öz oilasining qörğoni va ustuniga aylandilar. Otaxon va onaxon nabiralarining aksariyati oliy maʼlumotli, hunarli, kasb-korli. Buning uçun ular Yaratganga tinmay şukrona aytib, farzandu nabiralar haqiga duolar qiladilar.

Temur bobo Röziyev va Maʼqul momoning şukrona töylari — “Qöşa qariş saodati” tadbiri ularning xohişlariga köra, öz fayzli xonadonlarida ötdi. Öziyam ön farzandga  olti kuyov, tört kelin qöşilib, yana 39 nevara, 70 nafar evaraning taşrifini körib, hamma lol qoldi. Tadbir Jondorning Şodila qişloğiga ovoza bölgani rost. Unda  tuman hokimining örinbosari Şahnoza Rahmonova, “Nuroniy ” jamğarmasi tuman bölimi raisi Jamol Aşurov, mahalla raisi  Nodir Ergaşev, “Buvijonlar maktabi” raisasi Gulbahor Umarovalar iştirok etib,  tabrik sözlarida qöşa qarigan nuroniylarning ezgu fazilatlarini alohida aytib ötdilar.

Şu kuni baxtli otaxonu onaxon eʼtirofu eʼtibor, tabriklar va guldastalar içida qoldilar. Jondorning nomdor nuroniylarining yuz-közlariga boqqan har bir inson ularga havas qilarkan, öşalar kabi bölişni çin dildan istaganliklari ayni haqiqatdir.

Zamira RÖZIYEVA,

“Nuroniy” muxbiri.

By Behzod

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan