Qöşa qariş saodati — yuksak insoniylik dorilfununi hisoblangan mahalla, kamolot beşigi sanalgan oilalarda qaror topgan bebaho qadriyatlardan biridir. Uşbu neʼmat bor oilada tinçlik-xotirjamlik, fayzu baraka hukm suradi, farzandlar komil insonlar bölib ulğayadilar. Maʼnaviyatu maʼrifatda barçaga ibrat bölgan ota-onalarining izlaridan borib, el-yurtga munosib xizmat qiladilar.
“Nuroniy” jamğarmasi Navoiy viloyati Karmana tumani bölimi taşabbusi bilan 2-politexnikum faollar zalida 50 yil va undan ziyod vaqt birga turmuş keçirib, oila atalmiş qörğonni muqaddas bilgan, turmuş maşaqqatlarida toblangan va bugungi kunda birga umrguzaronlik qilib kelayotgan nuroniy otaxonu onaxonlar hamda yoşlar iştirokida taşkil qilingan “Qöşa qariş saodati” tadbiri, öz mazmuniga köra, çinakam maʼnoda, ibrat saboği böldi deyiş mumkin.
Darhaqiqat, nuroniylar yurtimizning eng aziz, eng uluğ va möʼtabar kişilaridir. Keksalar yöli doimo porloq. Tafakkur buloği bamisli xazina, özlari esa mehru saxovat timsolidirlar. Nuroniylar ota-yu onaday uluğ, şu sabab ular hamişa davraning töriga, hurmatning zöriga munosib köriladilar. Bu bejiz emas, albatta.
Yoşlar tadbir davomida keksalik gaştini surayotgan va uzoq vaqt birga umrguzaronlik qilib kelayotgan nuroniy otaxon va onaxonlarning oltinga teng ögitlaridan bahramand bölib, öz oldilaridagi maqsad-vazifalarini yanada aniq belgilab oldilar.
Tadbirda “Nuroniy” jamğarmasi Karmana tumani bölimi raisi Ötkir Rajabov, Nuroniylar jamoatçilik kengaşi, “Buvijonlar maktabi” aʼzolari, mahalla fuqarolar yiğinlaridagi “Keksalar maslahati” guruhi raislari, faol nuroniylar, politexnikum öquvçi-yoşlari iştirok etdilar.
Sanʼatkorlar tomonidan ijro etilgan dilrabo kuy-qöşiqlar davraga yanada fayz ulaşdi.
Tadbir yakunida qöşa qariş saodatiga erişgan otaxonu onaxonlarga mutasaddilar tomonidan esdalik sovğalari topşirildi.
Quvonarlisi, harakatlar doirasida belgilab olingan qator tadbirlar buyruqni bajariş qabilida emas, balki turmuş farovonligiga erişgan, baxtli, soğlom fikrli, yuksak maʼnaviyatli, madaniyatli, ijtimoiy faol jamiyatni şakllantiriş va ularda mamlakat taqdiriga daxldorlikni kuçaytiriş maqsadiga xizmat qilmoqda.
Janaroy Alimbayeva.
Nuroniylar – yaşil maydonda
Yurtimizda “Nuroniylar — sport bilan hamnafas” şiori ostida keksa avlod vakillarining salomatligini mustahkamlaş, ular örtasida soğlom turmuş tarzini keng tarğib qiliş hamda sportga bölgan qiziqişlarini yanada oşiriş maqsadida ötkazilayotgan sport tadbirlari va turli musobaqalar amalda özini oqlamoqda. Sport tadbirlari nuroniylarning ğayratiga ğayrat, kuçiga kuç qöşib, ularni yanada soğlom va bardam holga keltirayotganligi bugun ayni haqiqatdir.
Ohangaron şahrida nuroniylar örtasida mini-futbol böyiça ötkazilgan “Toşkent viloyati kubogi” musobaqasida uşbu jihat yana bir karra yorqin aks etdi.
Mazkur musobaqa viloyat hokimligi, “Nuroniy” jamğarmasi hamda Sport boşqarmasi hamkorligida taşkil etildi. Unda viloyatning tuman va şaharlaridan taşrif buyurgan jamoalar iştirok etdi. Sportçi nuroniylar yaşil maydonda özaro döstlik, hamjihatlik va sportga bölgan mehr-muhabbatlarini namoyon etdilar. Bahslar qizğin va murosasiz, ayni paytda ğoyat samimiy keçdi.
Yakuniy natijalarga köra, 3-örinni Bekobod şahri, 2-örinni Qibray tumani, faxrli 1-örinni esa Angren şahri jamoalari qölga kiritdilar.
Ğolib va sovrindor jamoalar taşkilotçilar tomonidan diplom, kubok hamda esdalik sovğalari bilan taqdirlandi.
U.Eşpölatov.