“Nuroniy” jamğarmasi Navoiy viloyati bölimi taşabbusi bilan Navbahor tumanidagi Yoşlar markazi binosida 50 yil va undan ziyod vaqt birga turmuş keçirib, oila atalmiş qörğonni muqaddas sanagan, turmuş maşaqqatlarida toblangan bir guruh nuroniy otaxon va onaxonlar hamda yoşlar iştirokida “Qöşa qariş saodati” nomli maʼnaviy-maʼrifiy tadbir taşkil qilindi.
“Nuroniy” jamğarmasi, Oila va xotin-qizlar qömitasi, Yoşlar işlari agentligi tuman bölimlari hamkorligida taşkil etilgan uşbu uçraşuvga turli hududlardan uç nafar juftlik taklif qilindi.
Tumanning “Qalqonota” mahallasida 65 yil birga turmuş qurib yaşab kelayotgan Şodi ota Azimov va turmuş örtoği Robiya ona Azimova juftligi ibratli oilalardan biri hisoblanadi. Ular 5 nafar farzandni tarbiyalab, hammasini uyli-joyli qilib, bugungi kunda bir etak nevaralar, evaralarga boş-qoş. Farzandlarining hammasi odob-axloq va yuriş-turişda butun mahallaga örnak. Oila boşliği Şodi ota 1942 yilda tuğilgan. Köp yillar davomida turli davlat taşkilotlarida samarali xizmat qilgan. Nafaqaga çiqqandan söng “Nuroniy” jamğarmasi Navbahor tumani bölimi raisi vazifasida faoliyat olib borgan. Oila bekasi esa uy işlari va farzandlar tarbiyasi bilan şuğullanib, umr yöldoşiga har doim hamdamu hamkor bölib kelgan.
“Beşrabod” mahallasida 57 yil birga turmuş qurib yaşab kelayotgan Iskandar ota Jörayev va Raʼno ona Jörayevalar oilasi ham mahallada eng obröli va eʼtiborli oilalardan biri. Samarqand qişloq xöjaligi institutini tamomlagan Iskandar ota butun umri davomida veterinar şifokor bölib işlagan. Navbahor, Konimex, Karmana tumanlarida, viloyat miqyosida faoliyat yuritadigan taşkilotlarda rahbarlik lavozimlarida samarali mehnat qilgan. Turmuş örtoği Raʼno ona bilan birgalikda yetti nafar farzandni voyaga yetkazganlar. Farzandlari ham namunali oilalarni bunyod etib, el-yurt xizmatida turişibdi.
“Haşman” mahallasidan taklif qilingan uçinçi oila — Norpölat ota Qosimov va turmuş örtoği Musallam ona Isamovalar 53 yil birga yaşab, hayotning past-balandi, şirin-aççiğini birgalikda totib kelyaptilar. Kasbi öqituvçilik bölgan Norpölat ota “Özbekistonda xizmat körsatgan xalq taʼlimi xodimi” unvoni, 1-darajali “Mehnat faxriysi” kökrak nişoni sohibi, “Xalq taʼlimi aʼloçisi”. Özining barça yutuqlari uçun turmuş örtoğidan minnatdor. Ayolining beqiyos xizmatlari va eʼtibori bilan 5 nafar farzand ham hayotda öz örnini topgan. Hammasi baxtli, oilasi, farzandlari bilan farovon hayot keçirmoqda. Otaxon hozirgi kunda ham özi saboq bergan 17-umumtaʼlim maktabida şaxmat tögaragini taşkil qilib, 30 dan ortiq öquvçiga şaxmat sirlarini örgatib kelmoqda. Tuman nuroniylar jamoatçilik kengaşi aʼzosi.
Uçraşuv davomida ibratli oila vakillari öz hayot tajribalari bilan örtoqlaşdilar, yoşlarga oila muqaddas ekanligi, ikki juftlik bir-birini tuşunib, qöllab-quvvatlaşi juda muhim ekanligini taʼkidladilar.
Mazkur tadbirda “Nuroniy” jamğarmasi respublika Boşqaruvi bölim boşliği Majid Umarov iştirok etdi. U öz sözida keksalik gaştini surayotgan va uzoq vaqt birgalikda umrguzaronlik qilib kelayotgan ibratli oila vakillariga samimiy tilaklarini izhor etdi.
Tadbir yakunida ibratli oilalar vakillariga taşkilotçi muassasa va idoralar tomonidan esdalik sovğalari topşirildi.
Asolat AHMADQULOVA,
“Nuroniy” muxbiri.