—  deydi Quvasoylik Ğanijon ota asalariçilik faoliyati xususida

Asal qadim-qadimdan şifobaxş mahsulot sanalib, xalq tabobatida keng qöllanilgan. Asalari aholining asalga bölgan ehtiyojinigina taʼminlab qolmaydi, balki boğdorçilikda gullarni çanglatiş, ösimliklarning köpayişi, tabiat va yaşillikni asraşda ham katta ahamiyatga ega. Şuningdek, uning mumi, suti ham samarali davo hisoblanadi. Şu sababdan uni yetti xazinaning biri, “rözğor şifokori” deb ataşadi.

Quvasoylik 71 yoşli Ğanijon ota mazkur sohaning nafaqat hududda, qolaversa, respublikada ommalaşişiga hissa qöşib kelayotgan tadbirkorlardan biridir. U hozirda 400 qutida köpaytirayotgan asalarilaridan toza toğ asali olmoqda.

Ğanijon ota Yöldoşev 1955 yilda Farğona viloyatining Quvasoy şahrida tuğilgan. Dastlab xöjalikda haydovçi bölib işlagan, biroq asalariçilikka qiziqiş uyğongaç, 1979 yili maxsus kursda öqib, mazkur sohani şunçaki yölga qöyişgina emas, balki uni jadal rivojlantirişga kirişgan. Ğanijon ota qariyb yarim asrdan beri şu sohada mehnat qilmoqda. Buning natijasi ölaroq, bugunga kelib, mamlakatimizning turli hududlaridan kelib, otaxondan asalariçilik sirlarini örganayotgan şogirdlari juda köp. Ularning aksariyati usta tadbirkorlarga aylanişgan.

Otaxon hatto maktab öquvçilarida ham asal yetiştiriş xususida dastlabki bilim va könikmalarning şakllanişiga hissa qöşmoqda. Quvasoy şahrida asalariçilik-naslçilik fermer xöjaligini taşkil etib, haligaça asal yetiştiriş, asalarilarni köpaytiriş, genini almaştiriş kabi qator işlar bilan şuğullanmoqda.

— Asalarilarga özim qarasam, könglim xotirjam böladi, — deydi Ğanijon ota. — Iqlim özgarişi ortidan hozirda hosildorlik biroz pasaygan, şunga qaramay, Jizzaxning Zomin, Baxmal tumanlarida, Toşkentning Böstonliq tumanida iqlim şaroiti ança qulay. Asalarilarni öşa yerga olib borib, rivojlantiramiz. Bitta asalari oilasidan 10 kilogrammgaça asal oliş mumkin. Hozirgi kunda tumanimizdagi “Pakana” mahallasida asalariçilik drayver sohaga aylanib ulgurdi.

Ğanijon otaning xonadoni qişloq xöjaligining uşbu yönalişida uzoq yillardan beri oilaviy şuğullanadi. Ayoli Diloromxon aya Ğanijon otaga doimo hamroh. Asalari oilasini qişda sovuqdan, yozda issiqdan himoya qiliş, ari sutini yiğiş işlarida onaxonning örni bilinadi.

Ğanijon ota 5 nafar farzandi va  6 nafar nabirasida ham şu sohaga mehr uyğotgan. Hatto jajji nevaralar ham bobosining yumuşlariga qiziqib, asalari qutilari atrofida yuradi, kattalarning işlarini kuzatadi. Bugunga kelib, Ğanijon otaning asalariçilikda orttirgan tajribasi köplab yoşlarni, tadbirkorlarni ilhomlantirmoqda. Uning özi bu yönalişni yuqori baholab, asalariçilik mamlakatda oziq-ovqat bozoriga mahsulot kiritiş bilangina emas, balki farmatsevtikani rivojlantiriş jihatidan ham ançayin samarali ekanini taʼkidlaydi.

Hamyurtlarimizning turli yönalişlarda faoliyat yuritib, mahallalarning yangi, zamonaviy qiyofasini şakllantirayotgani yangilaniş va islohotlarning amaliy natijadorligiga xizmat qilmoqda. Ayniqsa, tadbirkorlikning jamiyatdagi eng kiçik, biroq eng muhim böğini hisoblangan oilalardan boşlanayotgani mamlakat sanoati va iqtisodiyotiga sezilarli taʼsir körsatişi ayni haqiqatdir.

Söğdiyona Sobirova,

“Nuroniy” muxbiri.

By Behzod

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan