— deydi Farğonalik 68 yoşli Abdurasul ota Ahmedov
Mamlakatimizda aholining turmuş farovonligini yuksaltiriş maqsadida oilalarning işbilarmonlik va tadbirkorlik faoliyatini kengaytirişga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Xususan, issiqxonaçilik qişloq xöjaligining ayrim mahsulotlarini mavsumdagina emas, balki yilning tört faslida yetiştiriş, ularni nafaqat içki bozorga, balki xalqaro savdo maydonlariga yönaltiriş nuqtai nazaridan ançayin istiqbolli körinmoqda. Şu sababdan, “Bir hudud — bir mahsulot” tamoyili asosida joylarda muayyan mahsulotni yetiştiruvçi mahallalar şakllandi, hatto tanlangan yönalişlar hudud drayveriga aylanib, işsizlikning bartaraf etilişi, tadbirkorlikning rivoj topişi, iqtisodiyotning ösişiga taʼsir körsatuvçi omilga aylanmoqda.
Darhaqiqat, garçi ota-bobolarimiz dehqonçilik ilmining hadisini olgan bölsa-da, bugunga kelib, uşbu sohada zamonaviy yondaşuvlar xalqçil usulga integratsiya qilinmoqda. Quvonarlisi, ilgarigi tajriba bilangina çeklanmay, bugunning ilmiy-texnik yangiliklarini faoliyatiga tatbiq etayotgan, sifat samaradorligiga alohida eʼtibor qaratayotgan dehqon-mirişkorlar yaxşi natijaga erişmoqda. Xususan, Farğona viloyatining Farğona tumanida joylaşgan “Guzar” mahallasida yaşovçi Abdurasul ota Ahmedov issiqxonada ötgan yilning noyabr oyida köçat ötqazgan bölsa, bugunga kelib, qalampirlar hosilga kirgan. Hatto uşbu yönaliş mahallada kengaymoqda. 18 sotix maydondagi mahsulotni yetiştirişda tomçilatib suğoriş usuli yölga qöyilgan. Otaxonning özi mazkur faoliyati xususida bizga gapirib berdi.
— Issiqxonaçilik bilan şuğullanayotganimizga 4 yil bölib qoldi. 250 million söm atrofida daromad qilyapmiz. Bu yönaliş faqatgina daromad manbasini kengaytirib qolmayapti, mahalla ayollarining muayyan qismini mavsumiy iş bilan taʼminlaşda ham qöl kelmoqda. Hosilni özimizning bozorlardan taşqari, eksportga ham yönaltiramiz. Mahsulot sifatli va zararsiz bölişi, fitosanitar talablariga töliq rioya etilişini ham nazorat qilamiz.
Abdurasul ota ayoli Saodatxon aya bilan 4 nafar farzandni tarbiyalab, voyaga yetkazgan. Öğli, kelinlari otaxonga kömakdoş.
Darvoqe, Ahmedovlar oilasi tadbirkorlikni yölga qöyib, mahalla rivoji uçun munosib hissa qöşayotgan faol xonadonlardan. Xuddi şuningdek, joylarda oilaviy tadbirkorlikning kengayişi bora-bora hududiy iqtisodiyotning tayançiga, aholining daromadini oşiradigan omilga aylanib boradi. Şu barobarda, hududlarda taşkil etilayotgan katta, kiçik tadbirkorliklar mamlakatning işlab çiqariş salohiyatining yuqorilaşida, aholining sifatli mahsulotga ehtiyojini taʼminlaşda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Suğdiyona Sobirova.