Xalqimizda “Keksasi bor uyning barakasi bor” degan naql bejiz aytilmagan. Bugun hayotiy tajribasini nafaqat oilasi, balki mahalla obodligiga baxş etayotgan nuroniylarimiz yoş avlod uçun mehnat va sadoqat timsoli bölib kelmoqda. Xususan, Qaşqadaryo viloyati Kitob tumanining “Denov” mahallasida istiqomat qilayotgan otaxon va onaxonlarimizning tomorqa madaniyatini yuksaltiriş borasidagi saʼy-harakatlari alohida eʼtirofga loyiq.
Mahallaga kirgan kişi xonadonlardagi öziga xos tartib-intizom va saronjom-sariştalikka guvoh böladi. Köçalar va hovli atrofiga ekilgan rang-barang gullar hududning qiyofasini tubdan özgartirib, kişiga maʼnaviy huzur baxş etmoqda. Bu manzara denovliklarning nafaqat mehnatsevarligi, balki yuksak did sohibi ekanliklarini ham namoyiş etadi.
Yoşi uluğlar körsatmasi asosida parvarişlanayotgan limon, mandarin va boşqa sitrus mevalar oilalar dasturxonini vitaminlarga boyitiş bilan birga, qöşimça daromad manbai bölib xizmat qilmoqda. Mahallaga biriktirilgan faol nuroniylarning faoliyati faqat öz tomorqasi bilan çeklanib qolmagan. Ularning “mahalladoş — mahalladoşga kömakçi” tamoyili asosida dehqonçilik tajribasini qöşnilar, ayniqsa, yerga mehr qöygan yoşlarga örgatayotgani quvonarlidir.
Öz muxbirimiz.