Surxondaryo viloyati Şörçi tumanida yaşaydigan Tojixol momo Bobomurodova joriy yilning 10 yanvar kuni tabarruk 101 yoşni qarşi oldilar. Şu kuni “Nuroniy” jamğarmasining Şörçi tumani bölimi raisi Örol Çötboyev va “Elbayon” mahallasining “Keksalar maslahati” guruhi rahbari A. Aşurovlar onaxonning xonadoniga taşrif buyurdilar.
Ular uçraşuv davomida onaxonga “Nuroniy” jamğarmasi respublika Boşqaruvining tabriknomasi hamda tuhfasini yetkazdilar. Ayni taşrif va eʼtibordan onaxonning köngli kötarilib, yöqlovçilarning haqlariga duolar qildilar.
— Bugungidek dorilomon kunlarning qadriga yetiş, tinçlikni asrab-avaylaş kerak. Qarang, xalqimiz uçun hamma şaroit yetarli, uzoq manzillar yaqin, borar joyingga piyoda bormaysan, işlayman deganga iş bor, tadbirkorlik qilaman deganga mablağ. Faqat yurakdan çiqarib mehnat qiliş kerak, xolos. Prezidentimiz şart-şaroit yaratib beryaptilar, nafaqat yoşlar, balki biz kabi keksalarni ham unutmay, yöqlab, köngillarimizni kötarib turibdilar, ming bor taşakkur, — dedilar tabarruk onaxon şukronalik bilan.
Bugungi farovon, tökis hayotni kuzatib turib, onaxon uzoq yillik umri davomida körganlari, boşidan ötkazgan qiyinçilik damlarini esga oladilar. Onaxon maktabda 4-sinfgaça öqib, keyin oğir yillar, uruş yillari front ortida maşaqqatli mehnat qilib, ğalabaga öz hissalarini qöşganlar. Uruşdan keyingi tiklaniş davrida ham uruş asoratlarini bartaraf qiliş, endi oyoqqa turib, tiklanayotgan yurtimiz farovonligi uçun tinimsiz mehnat qilganlar. Uzoq yillar kolxozda işlab, paxta terimida ilğor terimçilardan bölganlar. Gilam yuviş sexida gilam yuvib, ğişt zavodida ğişt quyib, nimaiki oğir mehnat bölsa, barçasini bajarib, mehnatdan heç qaçon böyin tovlamaganlar. Hatto, Şörçi tumanidagi eng uzun “M-41” yöl qurilişida ham işlab, yelkasida toş taşib, yöllarning ravon bölişiga öz hissasini qöşgan inson bu onaxon.
Yigirma yoşida turmuş qurgan Tojixol momo bir öğil, bir qiz farzand körganlar. Afsuski, farzandlari juda yoş paytida kasallikdan vafot etgan. Keyinçalik turmuş örtoğidan ham ayrilgandan söng boşqa turmuş qurmaganlar. Onaxon bugungi kunda ukasining oilasida, jiyanlari, ularning farzandlari, nevaralari qurşovida, eʼzozu eʼtiborda umrguzaronlik qilmoqdalar.
Sözlaridan hikmat, yuzlaridan nur yoğilib turgan sodda va samimiy onaxon bilan suhbatlaşgan har bir insonning halol mehnat, bağrikenglik va şukronalik insonni murodga, eʼzozu ehtiromga yetkazişini anglaşi şubhasizdir.
Asolat AHMADQULOVA,
“Nuroniy” muxbiri.