2026 yil — Mahallani rivojlantiriş va jamiyatni yuksaltiriş yili
Bugunga kelib, hamyurtlarimiz tomorqadan keng foydalanişmoqda. Bu, öz navbatida, aholiga sifatli, isteʼmol uçun xavfsiz oziq-ovqat manbasini yaratib, aholi daromadini oşirişda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Buxoro viloyati Olot tumanida ham qişloq xöjaligi mahsulotlari: meva-sabzavot, poliz ekinlari, dukkaklilar, sitrus mevalarni yetiştirişda katta tajribaga erişilgan. Har yili tumanda mavjud 4 ming 471 gektar maydonda (aholi tomorqasiga töğri keladi) umumiy hisobda 53 ming tonna atrofida qişloq xöjaligi mahsulotlari yetiştirib kelinadi. Har mavsumda 570 gektarda 4 ming tonnadan ortiq kartoşka, 502 gektarda 8 ming tonna atrofida pomidor, 171 gektarda 3 ming 158 tonna sabzi, 580 gektarda 11 ming tonna atrofida piyoz, qolaversa, 700 gektardan ortiq yerda 30 ming tonnaga yaqin qovun-tarvuz va oşqovoq yetiştiriş harakati jadal tus oladi.
Tumandagi “Böribek Çandir” mahalla fuqarolar yiğinida istiqomat qiluvçi namunali tomorqaçilar — Durdimurod Şerov, Norqul Hamroyev, Xolmurod hamda Toşpölat Alloqovlar xonadonlarida har mavsumda serhosil sabzavot va poliz mahsulotlari, şuningdek, limon, apelsin, mandarin kabi sitrus mevalari yetiştirilmoqda. Tursuntoş momo Ostonova ham issiqxonaçilikni yölga qöyib, tört faslda yuqori daromad olişi bilan yoşlarga katta ibrat bölmoqda. U farzandlari, nevaralari bilan birgalikda, tomorqa yerini xazina bilib, undan unumli foydalanib kelmoqda. Xonadon egalari yiliga ikki-uç marotaba hosil olişga erişib, rözğor kamini butlamoqda.
2023 yilda Osiyo Taraqqiyot Banki loyihasi asosida amalga oşirilgan “Iqlim özgarişlariga moslaşiş” dasturi doirasida hududdagi öttizdan ortiq xöjaliklar qatorida Tursuntoş momo ham 1 sotixli ixçam issiqxonaga ega bölgan edi. Issiqxonada almaşlab ekiş usuli asosida bulğor qalampiri, pomidor va bodring yetiştirmoqda. Ayni vaqtda 800 tup pomidor köçati hosil beriş arafasida bölib, har bir tupdan örtaça 5 kilogrammgaça hosil oliş közlanmoqda. Bundan taşqari, issiqxonada limon ham parvarişlanib, undan barakali hosil yiğib olinmoqda.
Tursuntoş momo uçun tomorqa yeridan samarali foydalaniş, birinçidan, rözğor kam-köstini butlasa, ikkinçidan, tuman hayotining yaxşilanişi, tadbirkorlikning rivojlanişiga olib keladi. Darhaqiqat, taşabbuskor tomorqaçilar tajribasi qişloqda turmuş sifatini yaxşilaş, aholi bandligini taʼminlaş va xavfsiz, sifatli oziq-ovqat zaxirasini yaratişga sezilarli taʼsir körsatmoqda.
Suğdiyona Sobirova,
“Nuroniy” muxbiri.