Şak-şubhasiz, dunyoda şarafli vazifalar köp, ammo ular orasida eng uluği – Vatanni asraş, uni himoya qilişdir. Çunki yurt tinçligi, xalq osoyiştaligi va kelajak avlod taqdiri ana şu muqaddas burç bilan çambarças boğliq.
Bugun davlatimiz armiyasi haqiqiy maʼnoda xalq bilan bir tanu bir jon bölib, mamlakatimiz mustaqilligi, sarhadlar daxlsizligi va fuqarolar xavfsizligini taʼminlaşga xizmat qilmoqda. Bugun Özbekiston Respublikasi Qurolli Kuçlari taşkil etilganiga 34 yil tölişi ham uşbu yölda bosib ötilgan şarafli yöl, töplangan tajriba va kuçayib borayotgan harbiy salohiyat ramzi sifatida alohida ahamiyat kasb etadi.
Mamlakatimiz böylab Vatan himoyaçilariga hurmatni yanada oşiriş, yoşlar qalbida vatanparvarlik tuyğularini mustahkamlaşga qaratilgan keng kölamli maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarda yuqoridagilarga köproq urğu berilmoqda. Ulardan biri 14 yanvar — Vatan himoyaçilari kuni hamda “Vatanparvarlik oyligi” doirasida Samarqand davlat universitetida taşkil etilgan “Uç avlod uçraşuvi” böldi. Katta, örta va yoş avlod vakillarini bir maydonga jamlab, harbiy xizmat anʼanalari, Vatanga sadoqat va fidoyilik ğoyalarini yoşlar ongiga yanada çuqur singdiriş, milliy armiyaning jamiyat hayotidagi örni va nufuzini keng tarğib qiliş maqsad qilingan tadbir avvalida universitetning Yoşlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy işlar böyiça birinçi prorektori Subxon Abbosov sözga çiqdi.
Subxon Abbosov yiğilganlarni bayram bilan tabriklar ekan, bugungi tinç va barqaror hayot har bir harbiy xizmatçining sidqidildan ado etayotgan burçi, jasorati va matonati samarasi ekanini alohida taʼkidladi. U oliy taʼlim muassasalarida yoşlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalaş, ularni Vatan taqdiriga befarq bölmaslikka çorlaş muhim vazifa ekanini qayd etdi. Tantanali yiğilişda viloyat Mudofaa işlari boşqarmasi Faxriylar kengaşi raisi, isteʼfodagi podpolkovnik Raşid Şerov, viloyat Içki işlar boşqarmasi Faxriylar kengaşi raisi, isteʼfodagi podpolkovnik Ubaydullo Amirov hamda Markaziy harbiy okrugning yoşlar bilan işlaş bölimi boşliği, mayor Muzaffar Murodovlar bugungi Qurolli Kuçlar tizimidagi islohotlar, moddiy-texnik taʼminot va kadrlar salohiyati izçil ravişda yuksalib borayotganini taʼkidladilar.
Şuningdek, harbiy xizmat nafaqat kasb, balki yuksak maʼnaviy masʼuliyat, Vatan oldidagi muqaddas qarz ekanini yoşlarga hayotiy misollar orqali yetkazib, har bir yigit-qizda yurtga sadoqat, qonunga hurmat va faol fuqarolik pozitsiyasini şakllantiriş muhimligini uqtirdilar. Uçraşuvda soha faxriylari öz hayot yöli, xizmat davridagi sinovlar va yutuqlar haqida sözlab berdi. Harbiy qism askarlari tomonidan namoyiş etilgan körgazmali çiqişlar esa yiğilganlarda katta taassurot qoldirdi.
Bahodir Qiliçev,
Samarqand viloyati.