Ikromxon Najmiddinov,

“Nuroniy” jamğarmasi

Namangan viloyat bölimi

raisi, senator.

 Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning 2025 yil 26 dekabrdagi Oliy Majlisga va köp millatli özbek xalqiga Murojaatnomasini Toşkent şahridagi anjumanda Yurtboşimiz bilan yuzma-yuz turgan holda, katta hayajon va masʼuliyat bilan tinglar ekanman, Özbekistonimizning 2025 yildagi olamşumul rivojlanişi va 2026 yil hamda yaqin beş yillikdagi yangi marralari  köz oldimda gavdalandi.

Darhaqiqat, mamlakatning taraqqiyot darajasini belgilovçi körsatkiçlardan biri,  bu — yalpi içki mahsulot bölib, 2025 yilda uning hajmi 145 mlrd. dollarni taşkil etdi. Joriy yilda esa YAIM ni 167 mlrd. dollarga yetkaziş maqsad qilib olindi.  Bu raqamlar “Özbekiston — 2030” strategiyasida 2030 yilga qadar möljallangan marralarga 2026 yilning özida erişilişini körsatmoqda. Şuning uçun ham Yurtboşimiz tomonidan “Özbekiston — 2030” strategiyasini qayta körib çiqiş, yanada yuksakroq marralarni belgilab oliş  topşiriği berildi va yangi marra belgilandi, yaʼni yangi beş yillik oxirida yalpi içki mahsulot 245 mlrd. dollarni taşkil etadi. Bu raqamlar halqimizning turmuş darajasi kundan-kunga yaxşilanib borayotganligini ifoda etadi, albatta.

Mamlakatimizda oxirgi 9 yilda erişilgan mislsiz rivojlaniş va taraqqiyot natijasini Namangan viloyatida inson manfaatlari yölida  olib borilayotgan bunyodkorlik, yaratuvçanlik işlarining öziga xos kölamida yanada yaqqol körişimiz mumkin. Yangidan-yangi işlab çiqariş va xizmat körsatiş obʼyektlari, keng kölamli turar joy binolari, xizmat körsatiş şoxobçalari, GES va suv inşootlari, ravon yöllar, kiçik sanoat zonalari, Yangi Özbekiston massivlari viloyat ahlining turmuş şaroitini yanada yaxşilaş maqsadlarini közda tutadi.

Viloyatning yalpi hududiy mahsuloti 2025 yilda 107,2 foizga ösganligi sohalarning jadal rivojlanayotganligidan dalolatdir. Dastlabki maʼlumotlarga köra, sanoat 109,1 foiz, xizmatlar sohasi 115,3 foiz, agrosanoat 104,5 foiz ösgan. Yakunlangan yilda kambağallik darajasining 7,6 foizdan 2,5 foizga kamayganligi viloyatda “Kambağallikdan — farovonlik sari” umummilliy dasturining izçil bajarilayotganligini körsatadi.

Erişilayotgan bu kabi ijtimoiy-iqtisodiy samaradorliklar namanganlik   keksa avlod vakillarini ham birdek xuşnud etib, ular ham bugungi jöşqin islohotlardan kuç hamda ilhom olgan holda, jamiyatda keçayotgan yangilanişlarda faol iştirok etmoqdalar va dorilomon kunlarga çeksiz şukronalar aytmoqdalar.

Namangan viloyatida bugun 336,2 ming nafar pensiya va nafaqa  oluvçilar,  273,0 ming nafar yoşga doir pensionerlar, 1901 nafar özgalar parvarişiga muhtoj keksalar, 235 nafar uruşorti mehnat faxriylari bölib, töliq ijtimoiy himoyaga olinganlar.

“Nuroniy” jamğarmasining viloyat bölimi, şuningdek, uning tuman va şaharlardagi bölinmalari keksa faxriylarni har tomonlama qöllab-quvvatlaş, ularning jamiyatdagi faolligini taʼminlaş yuzasidan qator tadbirlarni amalga oşirib kelmoqda. Raqamlarga töxtaladigan bölsak, ötgan 2025 yilda 4745 ta maʼnaviy-maʼrifiy, 2561 ta sport tadbirlari taşkil etilgan. “Salomatlik uçun 5 ming qadam” aksiyasida 66,5 ming nafar keksalar iştirok etgan. 117,9 ming nafar keksaga turli yordamlar körsatilgan. Jumladan,  65,2 ming nafari tibbiy körikdan ötkazildi, 8077 nafariga dori-darmon, 39,5 ming nafariga oziq-ovqat mahsulotlari tarqatildi. Belgilangan tartibda 1283 nafar keksa avlod vakillari sanatoriylarda dam olgan bölsalar, 144,3 ming nafar keksa faxriylarimiz içki turizm imkoniyatlaridan bahramand böldilar.

Nuroniylarning boy tajribasidan yoşlarni barkamol avlod etib tarbiyalaşda oqilona foydalaniş maqsadida,  ötkazilgan “Uç avlod uçraşuvi” tadbirlarida 56,8 ming nafar nuroniy, 46,5 ming nafar örta avlod vakillari, 126,7  ming nafar yoşlar iştirok etdilar.  “Qöşa qariş saodati” böyiça 938 ta tadbir taşkil etilib, 50-60 yil tinç-totuv yaşagan oilalar yoş oilalarga namuna etib körsatildi.

Mahallalarda tinçlik-osoyiştalikni taʼminlaş, jinoyatçilik va huquqbuzarlik holatlarining oldini oliş maqsadida, 16,4 mingta tarğibot va davra suhbatlari taşkil etilib, ularda 81,4 ming nafar faol nuroniylar iştirok etgan. “Yaşil makon” milliy dasturi va boşqa davlat dasturlarining ijrosi böyiça, jamiyatdagi ayrim kamçilik va nuqsonlarni  bartaraf etiş maqsadida, 48,6 ming marta jamoatçilik nazorati taşkil etilgan.

“Bir nuroniy — ön yoşga masʼul” loyihasi böyiça 2243 nafar nuroniyga 22430 nafar muammoli yoşlar biriktirilib, tarbiyaviy işlar olib borildi. Natijada ularning 99,7 foizining töğri yölga tuşib olişiga erişildi.

Oilalarni mustahkamlaş, ajrimlarni kamaytiriş maqsadida, “Nuroniy — har bir oilaga masʼul” loyihasi böyiça 1370 ta muammoli oilaga bir nafardan nuroniy biriktirilib, olib borilgan tuşuntiriş, amaliy yordamlar natijasida ayni xonadonlardagi muammolar hal etilib, özaro munosabatlar mustahkamlandi.

“Kambağallikdan — farovonlik sari” dasturi böyiça
2 bosqiçda 13993 ta oila kambağallikdan çiqarilişi bilan bir qatorda,   ular jamğarma hisobidan stol-stullar, sport kiyimlari va öquv qurollari bilan taʼminlandi.

Albatta, bu kabi körsatkiçlar bilan birgalikda, kelgusida amalga oşirilişi lozim bölgan ustuvor vazifalar ham zimmamizga ulkan masʼuliyat yuklaydi.  Yurtboşimiz tomonidan Murojaatnomada 6 ta ustuvor yönaliş — Mahallani rivojlantiriş va infratuzilmasini yaxşilaş, Iqtisodiyotni yangi texnologiyalar asosida östiriş, Içki bozorni rağbatlantiriş bilan aholi daromadini oşiriş va turmuş şaroitini yanada yaxşilaş, Kasbga yönaltiriş va taʼlimni rivojlantiriş, Ekologiya va tabiatni asraş hamda Zamonaviy davlat boşqaruvi va adolatli sud-huquq tizimini joriy etiş yuzasidan aniq maqsadlar  bayon etildi.

“Mahalla mehr-oqibat va tarbiya öçoği bölişi kerak”, dedilar Prezidentimiz. Har bir mahallada 40 tadan işlab çiqariş va xizmat körsatiş loyihalarini amalga oşirgan holda işsizlikni kamaytirib,  kambağallikni 4,5 foizga tuşiriş vazifasi qöyildi. Mamlakat iqtisodiyotini yangi texnika va ilm-fan bilan östiriş, eksportbop va salmoqli qöşimça qiymat yaratadigan mahsulot işlab çiqariş bilan 2026 yilda yalpi içki mahsulot hajmini 167 mlrd. dollarga yetkaziş va iqtisodiyotning 6,6 foizga ösişiga erişiş belgilandi.

Viloyatimizda ham yangi 2026 yilda inson manfaatlarini taʼminlaş maqsadida, ortga qaytmas islohotlarni davom ettirgan holda yanada kattaroq marralarga erişiş maqsad qilingan. Jumladan, Namangan viloyatida 2026 yilda 4,7 mlrd. dollarlik töğridan-töğri xorijiy investitsiyalar va kreditlarni özlaştiriş maqsadida qiymati 7,3 mlrd. dollarlik 144 ta manzilli va qiymati 3,0 mlrd. dollarlik 52 ta istiqbolli loyihalar şakllantirildi. Hududiy investitsiya dasturi doirasida qiymati 1,3 mlrd. dollar bölgan 934 ta loyihani işga tuşiriş, 35,6 mingta yangi iş örinlarini yaratiş çoralari köriladi. Şunga köra, yalpi hududiy mahsulot hajmining 106,8 foizga ösişi prognoz qilinmoqda.

Yangi yilda ham keksa avlod vakillarini har tomonlama qöllab-quvvatlaş, ularning orzu-istaklarini röyobga çiqariş bilan bugungi kunlaridan mamnun bölib umrguzaronlik qilişlarini taʼminlaş, şu bilan birga, jamiyatimizdagi faolliklarini yanada oşiriş bilan boğliq vazifalar asosiy kun tartibidan joy olgan.

Maʼlumki, Murojaatnomada nuroniylar zimmasiga yangi, masʼuliyatli va şarafli vazifa işonib topşirildi. U ham bölsa, farzandlarimizning giyohvandlik girdobiga tuşib qolişlarining oldini oliş maqsadida, yoşlar örtasida, xususan, maktablarda keng qamrovli tuşuntiriş va tarğibot işlarini olib borişdir. 

Işonçimiz komilki, keksa avlod vakillari davlatimiz rahbarining Oliy Majlis va özbek xalqiga Murojaatnomasini aholi örtasida keng tarğib qiliş barobarida, viloyat va tuman (şahar) hokimliklari boşçiligida hamkor taşkilot hamda idoralar bilan birgalikda ustuvor vazifalarning ijrosini taʼminlaşda bor kuç-imkoniyatlarini işga soladilar.

By Behzod

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan