Orziqul Soatov,

“Nuroniy” jamğarmasi

Surxondaryo viloyati bölimi raisi.

Global beqarorlik, geosiyosiy ziddiyatlar va mintaqaviy nizolar kuçayib borayotgan bugungi dunyoda tinçlikni asraş insoniyat oldidagi eng dolzarb vazifaga aylandi. Ötgan hafta davlatimiz rahbari Şavkat Mirziyoyevning Vaşingtonda, xalqaro tinçlik va xavfsizlik masalalari muhokama etilgan nufuzli minbardagi iştiroki mamlakatimizning taşqi siyosatdagi oçiq va tinçlikparvar pozitsiyasini yana bir bor namoyon etdi. 

Uşbu anjumanda Özbekistonning faol iştiroki mamlakatimizning tinçlikparvar taşqi siyosatini yana bir bor xalqaro maydonda namoyon etgani bizni behad quvontirdi.

Davlatimiz rahbarining AQŞga bu galgi amaliy taşrifi ikki mamlakat örtasidagi strategik şeriklikni yanada rivojlantiriş, mintaqaviy va xalqaro masalalarda hamkorlikni mustahkamlaş hamda iqtisodiy investitsiya yönalişlarini kengaytiriş yölida olib borilayotgan işlarni yangi bosqiçga olib çiqqani bilan ahamiyatli böldi.

Tinçlik Kengaşining Donald Tramp raisligida ötkazilgan birinçi sammitida Prezidentimiz Tinçlik kengaşi faoliyatining Ğazo sektori böyiça ustuvor yönalişlari borasida muhim fikrlarini bildirdi. Maʼlumki, davlatimiz rahbari oçiqlik, özaro döstlik va diplomatiyaga asoslangan siyosat yuritadi. Kengaş yiğilişida sözlagan nutqida  bu jihat yana bir karra namoyon böldi. Masalan, “Ğazoning har qanday taşqi boşqaruv mexanizmi u yerdagi aholining sözsiz içki qöllab-quvvatlaşiga tayanişi lozim”, dedi Prezidentimiz. Bu nimani anglatadi, bu hududda amalga oşiriladigan saʼy-harakatlar tinç aholining manfaati, yaxşi hayoti, tinçligi uçun xizmat qilsin degani. Anjumanda Özbekiston uşbu hududda turar joylar, bolalar boğçalari, maktab va kasalxonalar barpo etişga imkon qadar hissa qöşişga tayyor ekani bildirildi. Bir söz bilan aytganda, uşbu taşrif Özbekistonimizning oçiq siyosati, xalqaro hamkorlikka tayyorligi va tinçlikparvar pozitsiyasini yaqqol namoyon etdi.

Prezidentimiz mazkur taşrif davomida nafaqat Tinçlik kengaşining ilk sammitida iştirok etdi, balki  köplab nufuzli xalqaro kompaniyalar vakillari, işbilarmon doiralar bilan uçraşuvlar ötkazdi.

Uşbu jarayonni Ommaviy axborot vositalari orqali çuqur hayajon bilan kuzatib bordik. Qöşma Ştatlar bilan Özbekistonning özaro savdo hajmi 1 milliard dollardan oşibdi. Bu — sönggi yillarda Özbekiston taşqi siyosatida oçiqlik  va özaro manfaatli hamkorlik tamoyillarining ustuvor öringa kötarilganini bildiradi, albatta.

Prezidentimiz taşrifning işbilarmonlik dasturi doirasida ikki tomonlama hujjatlarni imzolaşga bağişlangan marosimda iştirok etdilar. Unda yoqilği quyiş şoxobçalari tarmoğini quriş, tomçilatib suğoriş texnologiyalarini joriy etiş, minerallarni qazib oliş, parrandaçilik klasterini taşkil etiş böyiça ikki tomonlama hujjatlar imzolandi. Ayonki,  Özbekistondagi qulay va şaffof investitsiyaviy muhit okean ortidagi biznes doirasi vakillarini ham qiziqtirib qöydi. Ular Özbekistonni Markaziy Osiyoning tayanç mamlakati, tez rivojlanayotgan davlat deya eʼtirof etişmoqda. Bunday işonçli, samimiy muloqot kelgusida  samarali natijalar berişi şubhasizdir.

By Behzod

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan