Turkiy davlatlar taşkiloti Oqsoqollar kengaşi raisi Binali Yildirim “Dunyo” AA muxbiriga Prezident Şavkat Mirziyoyevning parlament va Özbekiston xalqiga yöllagan Murojaatnomasi haqida fikr bildirdi:

— Yangi yilga ham qadam qöydik. 2026 yilga marhabo dedik. Yangi yilda Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev va butun qardoş özbek xalqiga omonlik, tinçlik-xotirjamlik va farovonlik tilab qolaman. Turkiyadan 85 million qardoşingiz salomi va ehtiromini Sizlarga yubormoqdamiz.

Şavkat Mirziyoyev Prezident sifatida sönggi 9 yil davomida, yaʼni 2016 yildan bugunga qadar uluğvor Yangi Özbekiston ğoyasi ila mamlakatni tubdan yangiladi. Bu özgarişning ilk nişonasini xorijiy valyuta böyiça kursni erkinlaştirişda kuzatgan edik.

Boşlanğiçda baʼzilar tomonidan şubha ostiga olingan bölsa-da, örta va uzoq muddatda mazkur oqilona qarorning yaqqol natijalari közga taşlandi. Iqtisod barqaror yuksalib bordi, investitsiyalar miqdori ortdi, global darajadagi investorlar soni yuksaldi, mamlakatga kelib-ketuvçi mehmonlar-turistlar keskin köpaydi.

Özbekiston — dunyoga oçiq bir mamlakatga aylandi. Raqamlar bilan misol keltiradigan bölsak, kişi boşiga milliy daromad 1700 dollardan qariyb 4000 dollargaça yuksalganini köryapmiz. Yalpi içki mahsulot esa, 70 milliard dollardan 145 milliarddan yuqori raqamlargaça yetdi. Özbekistonga kelayotgan turistlar soni avvalgi 2 millionlardan keskin yuksalib, bugun 10 milliondan köproq kişini taşkil etmoqda. Bularning barçasi — mazkur uluğvor ğoyaning, Yangi Özbekiston yölining yorqin natijalaridir.

Özim şaxsan 2017 yildan beri Özbekistonga tez-tez borib turaman. Har borganimda mamlakat içidagi özgarişlarni yaqindan kuzatiş imkoniga ega bölmoqdaman. Quvonarlisi, Özbekiston global sarmoyadorlarga öz eşiklarini oçgandan söng yillik investitsiyalar avvalgi bir milliarddan bugun önlab milliard dollarlarga yetdi. Bu nimani anglatadi? Bu yanada köproq iş örinlari, iqtisodga yangi texnologiyalarning kirib kelişi, iqtisodning ösişi natijasida xalq farovonligining yanada ortişi deganidir.

Özbekiston salohiyati juda yuksak. Aminmanki, kelgusi yillarda ham islohotlar bardavomligi bilan mamlakat mazkur imkoniyatlarni yuzaga çiqarişda davom etadi.

Bugun Turkiy davlatlar taşkilotimiz içida aholi soni eng jadal ösib borayotgan mamlakat yillik qariyb 1 millionlik yuksaliş (tuğiliş) bilan Özbekiston hisoblanadi. Inson — eng katta boylikdir. Mol-mulkingiz, moddiy boyliklaringiz bugun bor, ertaga bölmasligi mumkin. Ammo inson resurslari — heç qaçon yöqolmaydigan eng qadrli boylik sanaladi. Bu jihatdan Özbekistonning turkiy dunyoga qöşayotgan hissasini körib turibmiz. Turkiy dunyo içida Özbekiston bor ekan, istiqbol sari işonçli qadamlar bilan ildamlaşda davom etamiz.

Uşbu fikr-mulohazalar qanotida yana bir bor Prezident Şavkat Mirziyoyev Janobi Oliylarini va qardoş özbek xalqini Yangi yil munosabati bilan samimiy qutlayman. Hurmatli Prezident tomonidan ilgari surilgan ğoya va taşabbuslar uçun turkiy dunyo nomidan, Turkiy davlatlar taşkiloti Oqsoqollar Kengaşi rahbari sifatida çuqur minnatdorçiligimni bildiraman.

Yaşasin Özbekiston! Yaşasin turkiy davlatlar va turkiy dunyo qardoşligi!

 “Dunyo” AA,

Anqara şahri.

By Behzod

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan