Yapon psixologi Xideki Vadaning shu nomli kitobi nashr etildi va u AFKOR OMMADA katta qiziqish uyg'otdi.
Yaponiyada kitob do'konlarga kelib tushishi bilanoq 500 mingdan ortiq nusxada sotildi. Ekspertlar esa yaqin oylarda uning bir million nusxalik ko'rsatkichga erishib, bestsellerga aylanishini taxmin qilmoqda.
Doktor Vada 61 yoshda bo'lib, keksalar salomatligi bo'yicha yetakchi mutaxassis hisoblanadi. U o'zining boy tajribasini 34 ta qoidaga jamlab, 60 yoshdan keyingi osoyishta va mazmunli hayot sirlarini bayon qilgan. Bu qoidalar oddiy ko'rinsa-da, ularda chuqur hikmat mujassam:
- Har kuni sayr qiling;
- G'azablanganingizda chuqur nafas oling;
- Doimo harakatda bo'ling, tanangizni harakatsiz qoldirmang;
- Yozda, hatto konditsioner ishlab turgan bo'lsa ham, suv iching;
- Ovqatni yaxshilab chaynang — aql ham og'iz bilan birga ishlaydi;
- Xotira yosh tufayli emas, balki harakatsizlik oqibatida susayadi;
- Dori vositalarini ortiqcha iste'mol qilmang;
- Zarurat bo'lmasa, qon bosimi yoki qondagi qand miqdorini ataylab pasaytirishga urinmang;
- Yolg'izlik har doim ham uzlat emas, ba'zan u xotirjamlikdir;
- Ba'zan dangasalik qilish uyat emas;
- Keksalikda haydovchilik guvohnomasiga ega bo'lish shart emas;
- O'zingiz yaxshi ko'rgan ishni qiling, yoqtirmaydigan ishlaringizni tark eting;
- O'zingizni uyga qamab qo'ymang;
- Sizni baxtli qiladigan taomlarni iste'mol qiling — vaznning biroz ortishi zararli emas;
- Sizga yoqmaydigan odamlar bilan vaqt o'tkazmang;
- Televizorni haddan tashqari ko'p tomosha qilmang;
- Kasallik bilan doimo kurashish o'rniga, u bilan yashashni o'rganing;
- Optimizm — eng yaxshi dori;
- Mevalar, quyosh nuri va toza havo — baxt manbalaridir;
- Ko'nglingizdagi gaplarni ochiq ayting;
- Kerak bo'lsa, fikringizni o'zgartiring — buning hech qanday yomon joyi yo'q;
- O'rganishdan to'xtash — keksalikning boshlanishidir;
- Shunchaki shukr qiling — tabassum omad olib keladi;
- Keksalik yuk emas, balki ne'matdir;
- Sodda yashang, har kuni biroz harakat qiling va ko'proq tabassum qiling;
- Tanangizni va yoshingizni mehr bilan qabul qiling — shunda baxt siz o'ylagandan ham yaqin ekanini anglaysiz;
- Bu hikmatlarni yaqin insonlaringiz bilan bo'lishing — hikmat yosh tanlamaydi;
- Yoshlarga hayratlanmang — barchamiz ham bir vaqtlar yosh bo'lganmiz;
- Keksalarga havas qiling — ular dunyoni ko'rgan va hayotni anglagan insonlardir;
- Tongda sizdan o'zib ketayotgan keksalarga havas qiling: baliqchilarga, qo'ziqorin teruvchilarga va sayohatchilarga;
- Hali ham o'zini parvarish qiladigan, soch turmagi, poyabzali va ozoda, nafis kiyimiga e'tibor beradigan insonlarga havas qiling;
- Hayot quvonchini yo'qotmagan, o'zini farzandlari va nabiralarida ko'radigan, eng og'ir hayotiy sinovlardan keyin ham orzu va istaklar bilan yashaydigan insonlarga havas qiling;
- Yoshlarga hayratlanmang! Yosh bo'lish oson;
- Keksalarga havas qiling — ular qalban hamisha yosh bo'lib qolishga muvaffaq bo'lganlar.
Doktor Vada bizga 60 yoshdan keyingi davr hayotning yakuni emas, balki soddalik va xotirjamlikning boshlanishi ekanini eslatadi. Bu — hayotga teranroq nazar tashlash va o'zimiz bilan samimiy bo'lishni boshlaydigan davr.
Internet manbalari asosida tayyorlandi.