deya tavsiya bermoqda mutaxassislar
Oziq-ovqat mahsulotlari tanaga kuç-quvvat beradi, kişining mehnatga rağbatini oşiradi. Biroq ular töğri vaqtda isteʼmol qilinmasa, salomatlikka zarar yetkazişi ham bor gap. Masalan, tongni eng avval qahva bilan boşlaş mutlaqo tavsiya etilmaydi, aks holda kortizolni oşiradi. Eng muvofiq vaqt — nonuştadan 1,2 soat ötgaç isteʼmol qilişdir. Şuningdek, banan, apelsin, yogurt va kök çoyni oç qoringa isteʼmol qiliş zararli.
Qolaversa, keçki ovqatning vaqti va meʼyoriga amal qiliş muhim. Çuqur uyqu va tetik uyğoniş uçun bu ikki omil katta rol öynaydi. Mutaxassislar pomidorni imkon qadar keçki ovqatda yemaslik kerak, meʼyoridan ortiq pomidor isteʼmoli kislotalilikni oşiradi, deya tavsiya berişmoqda. Şu bilan birga, yonğoqlarni keçqurun emas, ertalab yeyiş yanayam foydali — butun kun davomida energiya bilan taʼminlaydi.