Jamg'armaning tuman bo'limi tomonidan «Bir nuroniy — o'n yoshga mas'ul» loyihasi doirasida ko'rik-tanlovning tuman bosqichi ko'tarinki ruhda o'tkazildi.

Mahallalarda yoshlar tarbiyasi, ularni ezgu g'oyalar va milliy qadriyatlar ruhida kamol toptirishda alohida ibrat ko'rsatayotgan faol nuroniylarimiz o'zlarining samarali faoliyatlari, boy hayotiy tajribalari va erishgan natijalari bo'yicha o'zaro bellashdilar.

Keksa avlod vakillarining har bir chiqishida mahallada ma'naviy muhitni sog'lomlashtirish va yoshlarga to'g'ri yo'l ko'rsatish borasidagi fidokorona mehnatlari yaqqol namoyon bo'ldi.

Yakunlarga ko'ra, 1-o'rin “Baymurat” OFY “Keksalar maslahati” guruhi rahbari M. Egamqulov, 2-o'rin “Sho'rko'l” MFY faol nuroniysi N. Qurbanov, 3-o'rin “Birlik” MFYdan N. Narbayev va gulistonlik D. Ermamatovga nasib qildi.

Sovrindorlar munosib taqdirlanishdi.

Umida KAPAShOVA,

Konimex tumani.

By Behzod

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan