Yurtimizda inson qadrini uluğlaşga qaratilgan saʼy-harakatlarning amaliy natijasi va hayotiyligi, eng muhimi, islohotlarning markaziy şaharlardan tortib, çekka qişloq, ovullargaça har bir xonadonga kirib borişi masʼuliyat barobarida, javobgarlik, daxldorlik hissini kuçaytirmoqda.
Quvonarlisi, mamlakatimiz böylab nuroniylarning şaxsiy namunasi, jumladan, ijtimoiy hayotdagi faolligi va taşabbuskorligi, fidoyi xizmatlari Yangi Özbekiston taraqqiyoti yölida katta kuç mexanizmiga aylanib borayotir. Sababi, mahallalargaça yangilanişlar nafasi kirib borayotgan, aholi islohotlar natijasini öz hayotida his etayotgan mana şu kunlarda faol nuroniylar davlat va jamiyat örtasidagi boğliqlikni mustahkamlaşga xizmat qilmoqda. Ayniqsa, “Bir nuroniy — ön yoşga masʼul” tamoyili asosida olib borilayotgan işlar kölami yil sayin kengayib, yoşlar hayotida muhim ahamiyat kasb etmoqda. Joriy yilda ham mazkur tanlov asosida olib borilayotgan işlar özining ijobiy natijasini bermoqda.
Ayni kunlarda tuman bosqiçlari ğoliblari aniqlanmoqda. Jumladan, Navoiy viloyati Nurota tumanida ötgan tanlovda “Mirişkor” mahallasining faol nuroniysi Şodigul aya Husenova birinçilikni qölga kiritdi. U qariyb 70 yoşda bölişiga qaramay, mahalladagi 10 nafar muammoli yoş bilan şuğullanib, ularning hayotini töğri yölga qöyiş, oilada barqaror maʼnaviy muhitni şakllantirişga kömaklaşmoqda.
Aslini olganda, Şodigul aya ellik yildirki, xalq bilan birga: ijtimoiy muammolarni örganiş hamda ularga muvofiq yeçim topiş, aholini har tomonlama qöllab-quvvatlaş borasida qator natijalarga erişgan.
— Tanlov doirasida biriktirilgan yoşlar bilan işlaş jarayonida ularning muammolarini örgandim. Tuşuntiriş-tarğibot işlari olib borildi. Ijtimoiy kömakka muhtoj yoşlarga “mahalla yettiligi” hamkorligida yordamlaşdik, tuman hududida duradgorlik, ustaçilikka nisbatan yuqori talab bölgani sabab, işsiz yoşlar ayni sohalarga yönaltirildi hamda bandligi taʼminlandi. Ular orasida ustaga şogird tuşgani ham, kundalik daromaddan foydaga ötgani ham yöq emas. Quvonarlisi, yoşlarning oilasi bilan munosabatlari yaxşilanmoqda. Birgina misol, Buxoro davlat muhandislik va texnologiya universiteti energiyani tejaş-energiya audit fakultetida öqiyotgan bola bilib-bilmasdan taqiqlangan manbalarni öz profilidan tarqatgani ortidan 4 yilga ozodligi çeklangandi. Saʼy-harakatlarimiz natijasida 4 yilning 2,5 yilga qisqartirilişiga erişildi. Hozirgi kunda bu bola Janubiy Koreyada magistratura bosqiçida tahsilini davom ettirmoqda. Şukrki, yurtimizda röy berayotgan yangilanişlar yoşlar hayotida, umuman, aholining turmuşida aks-sado beryapti, — deydi Şodigul aya Husenova. — Imkoniyati çeklangan yoşlarning faol hayotga qaytişi hamda öz iqtidorini namoyon etişiga ham kömaklaşilmoqda. Xususan, bunday yoşlarning bandligini taʼminlaş hamda sportga jalb etişga jiddiy eʼtibor qaratdik. Qolaversa, biznesga qiziqişi bölgan yoşga “Biznesga kömak” loyihasi böyiça 30 million mikroqarz ajratilişi, savdo-sotiqni yölga qöyişiga erişdik.
Şodigul aya ayni paytda Nurota tumani “Buvijonlar maktabi” rahbari. Uzoq yillar maktab direktori, hokim örinbosari lavozimlarida işlab, xalq manfaatlari yölida xizmat qilgan. Unga köra, oilaviy farovonlik jamiyat taraqqiyotiga hissa qöşişning asosiy omillaridan bölib, ijtimoiy muammolar kelib çiqişining oldini oladi. Onaxonning uzoq yillik mehnatlari munosib qadrlanib, II darajali “Mehnat faxriysi”, şuningdek, “Möʼtabar ayol” kökrak nişoni bilan taqdirlangan, Özbekiston Respublikasi xalq taʼlimi aʼloçisi. Farzandlarining hammasi öqimişli, oila mahallaning ziyoli, maʼrifatli xonadonlari qatorida eʼtirof etiladi. Şeʼriyatga, adabiyotga ixlosi baland onaxonning “Tuşlarimda keçgan umrim”, “Hayot haqiqatlari”, “Men izlagan dunyo” töplamlari çop etilgan. Unga biriktirilgan yoşning Şodigul aya muharrirligida “Xalqim uçun duodaman” nomli şeʼriy kitobi ham naşr etildi.
Xulosa örnida şuni qayd etiş joizki, “Bir nuroniy — ön yoşga masʼul” tamoyili asosida taşkil etilayotgan işlar muammoli hamda uyuşmagan yoşlar siyosatining tizimli yönalişini taşkil etib, mahallalarda soğlom muhitni şakllantiriş, maʼnaviy kömakka muhtoj yoşlar bilan samarali işlaş, yoşlarni Vatanga muhabbat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat, ezgulik va insonparvarlik ruhida tarbiyalaş hamda nuroniylarning hayotiy tajribasini yoşlar tarbiyasida tatbiq etişga xizmat qilmoqda.
Suğdiyona SOBIROVA,
“Nuroniy” muxbiri.