Hayotiy tajribaga ega, turmuş sinovlarida toblangan, köpni körgan yoşi uluğ insonlar, keksa va nuroniylarning purmaʼno ögitlari, pand-nasihatlari xalq hayotida, ayniqsa, yoş avlod kamoloti, taʼlim-tarbiyasida beqiyos ahamiyatga ega.

Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 19 yanvardagi “Yoşlar bilan işlaş tizimini tubdan takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi, 2023 yil 11 mart kunidagi “Keksa avlod vakillarini har tomonlama qöllab-quvvatlaş hamda ularning ijtimoiy faolligini oşirişga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi 92-sonli Qarorlariga asosan, yurtimizdagi mahallalarda “Bir nuroniy — ön yoşga masʼul” loyihasi asosida faol nuroniy otaxonu onaxonlar turli toifadagi yoşlarga biriktirilgan.

Yurtimizda ayni kunlarda mazkur tanlovning tuman va şahar, viloyat bosqiçlari qizğin pallaga kirgan.

Jumladan, Qoraqalpoğiston Respublikasining Ellikqalʼa tumanida uşbu körik-tanlovning tuman bosqiçi bölib ötdi.

Tanlovni “Nuroniy” jamğarmasi Qoraqalpoğiston Respublikasi bölimi raisi Tursinbay Abdijabbarov kiriş sözi bilan oçib, yiğilganlarni Özbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi bayrami bilan tabrikladi.

Bellaşuv “Taniştiruv”, “Yoşlar — bizning kelajagimiz”,  “Nuroniylar bellaşuvi” şartlari asosida taşkil etildi.

Samimiy, taassurotlarga boy holda ötgan tanlov natijalariga köra, “Toşkent” mahallasi faoli Zamira Xudayqulova faxrli

1-örinni hamda tanlovning Qorakalpoğiston Respublikasi bosqiçida iştirok etiş yöllanmasini qölga kiritdi.

Beruniy tumanida bölib ötgan körik-tanlovda “Nuroniy” jamğarmasining Qoraqalpoğiston Respublikasi bölimi mutaxasissi Ğ.Xolmuratov, jamğarmaning tuman  bölimi raisi F.Annasafarovlar iştirok etdilar.

Bellaşuv jarayonlarida iştirokçilar özlariga biriktirilgan yoşlar bilan işlaş, ularni iş bilan taʼminlaş, kasbga öqitiş, subsidiya mablağlarini jalb qiliş orqali bandligini taʼminlaş, oilaviy ajrimlarning oldini oliş yuzasidan olib borgan işlari xususida axborotlar berib, faoliyatlariga oid fotoalbom hamda videolavhalarni namoyiş etdilar.

Yakuniy natijalarga köra, “Birlik” MFY vakili Gulnora Bekimova faxrli 1-örinni, “Xorazm” mahallasi faol nuroniysi Xudaybergan Ibadullayev 2-örinni, “Navoiy” OFY vakili Öğiljon Nurumbetova 3-örinni egalladilar.

Şavkat SULTONOV.

By Behzod

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan