Bugun O'zbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qo'llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg'armasi Boshqaruvining Nuroniylarning yoshlar ta'lim-tarbiyasida faolligini oshirish va ma'naviy-ma'rifiy tadbirlarni tashkil etish bo'limi boshlig'i Nodira Mahmudovna Musayevaning tavallud ayyomi.
Nodira Mahmudovna ilm-fan yo'lida samarali faoliyat yuritib, Falsafa fanlari doktori ilmiy darajasiga erishgan.
Shuningdek, “Nuroniy” jamg'armasidagi faoliyati davomida ma'naviy-ma'rifiy ishlar, oila va mahallalarda totuvlik muhitini mustahkamlash, yoshlarni mustaqil hayotga tayyorlash borasida munosib hissa qo'shib kelmoqda.
Muhtarama Nodira Mahmudovna!
Sizni tavallud kuningiz bilan samimiy muborakbod etamiz. Sizga mustahkam sog'lik, uzoq umr, oilangizga tinchlik va farovonlik tilaymiz.