Bugun taniqli jamoat arbobi, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent Farida Yöldoşevna Abdurahimova qutluğ 76 yoşni qarşiladi.
Farida Abdurahimova 1950 yil 11 avgustda Toşkent şahrida tavallud topgan. 1974 yilda Toşkent davlat universitetining Jurnalistika fakultetini tamomlagan.
Ilk mehnat faoliyatini “Yoşlar ovozi” ilgarigi (“Yoş leninçi”) gazetasidan boşlagan. Köp yillik sermahsul faoliyati davomida Özbekiston Jurnalistlar uyuşmasi raisining birinçi örinbosari, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi bölim rahbari hamda Toşkent şahar Xotin-qizlar qömitasi raisi kabi qator masʼuliyatli lavozimlarda sidqidildan xizmat qilgan.
Davlat va jamiyat hayotidagi faolligi bois 2004 va 2009 yillarda II va III çaqiriq Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzosi hamda Toşkent şahar xalq deputatlari Kengaşi deputati etib saylangan.
Zukko ijodkor va mohir jurnalist sifatida oila hamda farzand tarbiyasiga bağişlangan «Oila — maʼnaviyat va qadriyat beşigi», «Ayol özi bir dunyo», «Oila qörğonini mustahkamlaş — jamiyat farovonligi», «Faxriya ayollar — yurt tayançi» kabi köplab kitoblar, ilmiy-ommabop maqolalar muallifidir.
Uning dramatik asarlari Toşkent teatrlarida muvaffaqiyatli sahnalaştirilgan. El-yurt oldidagi fidoyi xizmatlari va yoş avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalaşdagi hissasi uçun u «Döstlik», «Fidokorona xizmatlari uçun» ordenlari, «Özbekiston Respublikasida xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi» faxriy unvoni, Mustaqillik esdalik nişonlari hamda I darajali «Mehnat faxriysi» kökrak nişoni bilan taqdirlangan.
Biz Farida Yöldoşevnani “Nuroniy” gazetasi va “Keksalik gaşti” jurnali jamoasi nomidan muborak 76 yoşi bilan qutlab, mustahkam soğliq, xonadoniga fayzu baraka va masʼuliyatli faoliyatida zafarlar tilaymiz!