Ikromxon Najmiddinov yuksak faxriy unvon bilan taqdirlandi

Inson qadri uluğlanayotgan bugungi Yangi Özbekistonda şu aziz vatanimiz ravnaqi, xalq farovonligi, yurtimiz tinçligi va yanada gullab-yaşnaşi yölida fidoyilik körsatib kelayotganlar alohida ehtirom va eʼzozga sazovor bölişmoqda.

Rahbarlik lavozimlarida uzoq yillar samarali faoliyat yuritgan, keksalarni qöllab-quvvatlaş va yoşlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalaşga salmoqli hissa qöşayotgan, tabarruk 75 yoşga tölgan “Nuroniy” jamğarmasi Namangan viloyati bölimi raisi, Oliy Majlis Senati aʼzosi Ikromxon Najmiddinov Prezidentimiz farmoniga asosan, “Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi” faxriy unvoni bilan taqdirlandi.

Şu munosabat bilan Namangan şahridagi “Maʼrifat maskani”da bölib ötgan tantanali marosim çinakamiga bayram tusiga kirdi. Uşbu muhtaşam binoga jam bölgan davlat va jamoat taşkilotlari mutasaddilari, viloyat faollari, mehnat faxriylari, mahalla tizimi vakillari, bir guruh yoşlar mamlakatimizda özining jöşqin iş faoliyati orqali elu yurt mehrini qozongan fidoyi inson Ikromxon Hoşimxonoviçni qutluğ yoşi bilan muborakbod etdilar.

1951 yilda Namangan viloyatining Yangiqörğon tumanida tavallud topgan Ikromxon Najmiddinov 1997-1999 yillarda Töraqörğon tumani hokimi, 2004-2008 yillarda Namangan viloyati hokimi sifatida faoliyat olib borib, hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojiga katta uluş qöşdi. Qolaversa, Respublika qişloq va suv xöjaligi vaziri, “Özdonmahsulot” davlat aksiyadorlik korporatsiyasi boşqaruv raisi kabi masʼul vazifalarda ham munosib iş olib bordi.

Katta tajribaga ega bölgan bu insonga Özbekiston faxriylarini ijtimoiy qöllab-quvvatlaş “Nuroniy” jamğarmasi Namangan viloyati bölimiga boşçilik qiliş işonib topşirildi. U viloyat Nuroniylar jamoatçilik kengaşi raisi sifatida mahallalarda maʼnaviy muhitni mustahkamlaş, keksalarning jamiyatdagi örnini yuksaltiriş, ösib kelayotgan yoş avlodga har tomonlama tirgak va maslahatgöy bölişda salmoqli işlarni amalga oşirdi.

Ayniqsa, Namangan ahli 2000 yillarda viloyat markazidagi asosiy strategik yöl — Ğiştköprik va Çorsu dahalarini boğlovçi joyda barpo etilgan katta köprikning bugungi kunda xalqimizga sifatli xizmat körsatişida Ikromxon Hoşimxonoviçning mehnatlari beqiyos bölganini çuqur hurmat bilan eʼtirof etadi. Uning yurt rivoji yölidagi mana şunday kamtarona mehnatlari davlatimiz tomonidan munosib eʼtirof etilib, “El-yurt hurmati” va “Mehnat şuhrati” ordenlariga loyiq körilgan.

Tadbirda yubilyarni yuksak mukofot bilan taqdirlaş haqidagi Prezident farmoni öqib eşittirildi. Respublika “Nuroniy” jamğarmasi raisi, Özbekiston Qahramoni, senator Sodiqjon Turdiyev, Namangan viloyati hokimi Şavkat Abdurazzoqov Ikromxon Najmiddinovni “Özbekiston Respublikasida xizmat körsatgan yoşlar murabbiyi” faxriy unvoniga munosib körilganligi bilan samimiy tilaklarini bildirdi.

Öz navbatida, qutluğ sana sohibi körsatilgan yuksak ehtirom uçun mamlakatimiz rahbariga minnatdorlik bildirib, Yangi Özbekistonda Uçinçi Renessansga poydevor qöyişdagi masʼuliyatli vazifalar röyobi yölida şijoat bilan işlaşda davom etajagini taʼkidladi.

Tantanali marosimda Prezidentning Namangan viloyatidagi Xalq qabulxonasi mudiri, viloyatning sobiq hokimi Bahodir Yusupov, Namangan viloyati hokimining maʼnaviyat va davlat tili masalalari böyiça maslahatçisi Iroda Qöçqorova, “Nuroniy” jamğarmasi Uyçi tumani bölimi raisi Tohirjon Ismatullayev va boşqalar Ikromxon Najmiddinovning mamlakatimiz taraqqiyoti yölidagi fidokorona mehnatlari, elimiz orasidagi obrösi va insoniy-axloqiy fazilatlarini alohida tilga olişdi.

— Inson umri yoş bilan emas, mazmuni bilan ölçanadi. Hayotiy faoliyat mohiyati va mezoni yillar yoki unvonlar bilan emas, balki samaralar, erişilgan zafarlardadir. Yaʼni insondan komil farzand, bilimli şogirdlar va faqat yaxşi işlar yodgor bölib qolişi hayotning mohiyatini belgilaydi, — deydi Namangan viloyat hokimligi xuzuridagi Fukarolarning özini özi boşqariş organlari xodimlarining malakasini oşiriş böyiça öquv markazi direktori, Xalq deputatlari viloyat Kengaşi deputati Rahmonjon Egamberdiyev. — Ustozim Ikromxon Hoşimxonoviçni bundan 30 yil avval, yaʼni 1996 yildan buyon yaxşi bilaman. Viloyat hokimining örinbosari — viloyat “Istiqbolstat” boş boşqarmasi boşliği bölib işlagan kezda ustozning yöl-yöriq va tavsiyalari, işga juda katta masʼuliyat va qatʼiyat bilan yondaşişlari menga ulkan saboq, hayot maktabi bölgan.

Oqilxon Dadaboyev.

By Behzod

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan