O'zbekiston azal-azaldan mehr-muhabbat, bag'rikenglik, e'zoz va ehtirom o'chog'i bo'lgan. Olijanob o'zbek xalqi qiyin davrlarda ham insonparvarlik, do'stlik, hamjihatlik g'oyalarini dasturilamal qildi. Bu jihatlar jahon hamjamiyatida yurtimiz qiyofasini, imijini shakllantirdi ham.
Bugunga kelib, davlat siyosatining inson qadrini ulug'lashga qaratilgani, aholi manfaatlari va qonuniy haq-huquqlarining himoya qilinishi, mehnati rag'bat topishi ko'p yillik qadriyatlarning munosib davomi bo'lmoqda.
Xususan, 8 mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan keksa nuroniylarning holidan xabar olish tadbirlari o'tkazildi. Guliston tumanida yuz bilan yuzlashgan, yuz yoshdan oshgan buvijonlar holidan xabar olindi. Jumladan, 102 yoshli Halima aya xonadoniga yo'qlab borildi. Onaxon yuzdan oshgan bo'lishiga qaramay, haligacha mahalla yoshlari hayoti bilan qiziqadi, ularning tarbiyasida faol ishtirok etadi.
Darvoqe, bir asrlik umr yo'lini bosib o'tgan nuroniylarning tajribasi, jasoratli mehnat yo'li nafaqat oilasida, balki jamiyat hayotida ham ahamiyatlidir.