Munosib pand-nasihat, halol mehnat, ertangi kunga işonç… Yurtimizdagi tinçlik-osoyiştalik va keng kölamli yangilanişlar davrida turli göşalar böylab taşkil etib kelinayotgan “Uç avlod uçraşuvi” tadbirlari yoş avlodni vatanparvarlik, milliy qadriyatlarga hurmat va ezgu ğoyalar ruhida tarbiyalaşda benazir maktabga aylanib borayotgani sir emas.

Ana şunday ezgu taşabbuslar doirasida Namangan şahrida joylaşgan 11-maktab negizidagi tayanç harbiy-vatanparvarlik yönalişiga oid “Jasorat maktabi”da taʼlim olayotgan öquvçi-yoşlar iştirokida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir bölib ötdi. “Yagona Vatan, yagona xalq bölib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” degan uluğvor boş ğoyani özida mujassam etgan mazkur uçraşuv aziz ayyom sanalmiş Öqituvçi va murabbiylar kuniga bağişlandi.

Anjumanda “Nuroniy” jamğarmasi viloyat bölimi faollari, Mudofaa işlari boşqarmasi Faxriylar kengaşi va Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatçilik kengaşi hududiy bölinmasi aʼzolari, Namangan şahar maktabgaça va maktab taʼlimi bölimi vakillari jam bölişdi.

Tadbir davomida sözga çiqqanlar hayot yöllari, erişgan yutuqlari haqida sözlab berişdi. Nuroniylar yoşlarga öz tajribalaridan kelib çiqqan holda hayotiy ögitlarini ulaşib, bugungi tinç va osuda hayotning qadriga yetiş kerakligini alohida taʼkidladilar. Şuningdek, davlatimiz rahbari tomonidan yoşlarga yaratib berilayotgan şart-şaroitlar, imtiyoz hamda imkoniyatlar haqida batafsil maʼlumot berişdi.

Uçraşuvda namoyiş etilgan badiiy çiqişlar, Vatanni madh etuvçi şeʼrlar va sahna körinişlari mehmonlarda katta taassurot qoldirdi.

Abduraşid BOLTABOYEV.

By Behzod

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan