Mamlakatimizda avlodlar örtasidagi riştalarni mustahkamlaş, keksalarning boy hayotiy tajribasidan yoş avlod tarbiyasida unumli foydalaniş, oilaviy hamda milliy qadriyatlarni asrab-avaylaş, şuningdek, ularni yoşlar orasida keng tarğib qiliş, yoşlarni vatanparvarlik, ajdodlar xotirasiga, merosiga ehtirom ruhida tarbiyalaşga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Öz navbatida, “Uç avlod uçraşuvi” maʼrifiy tadbirlari ayni şu maqsadga yönaltirilgan bölib, joylarda keksalar hamda yoşlar örtasida samimiy suhbat va uçraşuvlar tizimli ötkazib kelinmoqda.
Xususan, poytaxtning Yangihayot tumanida joylaşgan 566-sonli davlat maktabgaça taʼlim taşkilotida “Buvijonlar maktabi” aʼzolari iştirokida navbatdagi “Uç avlod uçraşuvi” taşkil etildi. Uçraşuv davomida buvijonlar bolajonlarga ertaklar öqib berişdi va ularga singdirilgan özbekona qadriyatlar, anʼanalar, xususan, yaxşilikning ham, yomonlikning ham javobsiz qolmasligi, halol va töğrisöz odamning mukofotlanişi, mehnatsevarlikning rohati, ota-onaga hurmat-ehtirom körsatilişi lozimligi haqida tuşuntirişdi. Tadbirda bolajonlar iştirokida milliy qadriyatlarni özida aks ettiruvçi sahna körinişlari namoyiş etildi.
Yoş avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalaş, ularda kasbga mehr, mehnatga hurmat va hayotiy qadriyatlarga sadoqat tuyğularini şakllantirişda katta hayotiy tajribaga ega nuroniylarning örni beqiyos. Ayniqsa, avlodlar örtasidagi samimiy muloqot yoşlar uçun öziga xos hayot maktabi vazifasini ötaydi.
Şu maqsadda Qoraqalpoğiston Respublikasi Qoraözak tumanidagi 1-sonli texnikumda ham yoşlar, ustozlar va nuroniylar iştirokida “Uç avlod uçraşuvi” taşkil etildi. Tadbirda Özbekiston Xalq demokratik partiyasi Qoraözak tumani Kengaşi raisi R.Qarmisova, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Qoraözak tumani bölimi boşliği J.Nuratdinova hamda köp yillik mehnat tajribasiga ega nuroniy, ustoz P. Jubanova iştirok etdi. Uçraşuv davomida nuroniylar yoşlarga özlarining uzoq yillik mehnat faoliyati, bosib ötgan hayot yöli, kasbiy tajribalari hamda yurtimiz taraqqiyotiga qöşgan hissasi haqida sözlab berdilar. Hayotning turli sinovlari, mehnatning inson kamolotidagi örni, tanlangan kasbga sadoqat va masʼuliyat bilan yondaşiş borasidagi fikr-mulohazalar yoşlar uçun ayniqsa qiziqarli böldi.
Samimiy va oçiq muloqot ruhida ötgan uçraşuvda yoşlar özlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, tajribali ustoz va nuroniylardan atrofliça javob oldilar. Suhbat davomida “ustoz — şogird” anʼanalarini izçil davom ettiriş, kattalarning hayotiy tajribasidan unumli foydalaniş va yoş avlodga munosib tarbiya beriş muhimligi taʼkidlandi.
Tadbirda Vatanga sadoqat, el-yurt manfaatlariga daxldorlik, kasbga mehr va öz tanlagan sohasini puxta örganiş har bir yoşning hayotiy mezoniga aylanişi lozimligi alohida qayd etildi.
Suğdiyona Sobirova.