— deydi 87 yoşli otaxon Davron bobo

Davron bobo bu yil 87 bahorni qarşiladi. Qotmadan kelgan, çayir, ösiq qoşlari ostidan közlari porlab turgan bu insonni körgan odam otaxonda hali ham yoşlik şijoati sönmaganligining guvohi böladi. Şu yoşga kirgan bölsa-da, qaddi tik, qöliga hassa tutmagan.

Otaxonning el orasida obrö-eʼtibori baland. Mahalla-köyning biror tadbiri u kişisiz ötmaydi. Odamlar doim otaxondan maslahat sörab iş tutişga örganib qolişgan.

Otaxon erta tongda turib, mol-qöylarga qaraydi, tomorqadagi ekinlarni parvariş qiladi. Garçi bu işlarni bajarişga hoziru  nozir  turgan farzand-nabiralar bölsa ham  ayni yumuşlarni özi bajarişni maʼqul köradi. “Siz urinmang, hamma işni özimiz qilamiz”, deyişlariga qaramay, otaxon ularga har safar bir javobni aytadi: “Iş odamni tirik tutadi, bekorçilik esa ruhni zaiflaştiradi. Inson harakat bilan tirik”.

Davron buvaning bolaligi Ikkinçi jahon uruşi va undan keyingi tiklaniş yillariga töğri keldi. Öşa davrda kun keçiriş nihoyatda qiyin, bir burda non topiş amri mahol edi. Uruş asoratlari birdaniga yöqolib ketmadi. Uning taʼsiri ança yillar odamlar hayotida sezilib turdi. Qişloqda qança odam oçlikdan vafot etdi. Hayot hadeganda önglanib ketmadi.

Bolakay Davron bularning barçasini öz közi bilan kördi. Ularning oilasi  kattagina, Davron 8 nafar farzandning eng kiçigi edi. Turmuş sinovlari bu oilani ham çetlab ötmadi. Oiladagi 8 nafar farzandning 6 nafari turli sabablarga köra hayotdan köz yumdi. Ulardan bir qiz va bir öğil: Haqiğaoy va Davron qoldi. Ana şunday oğir damlarda u otasiga yelkadoş böldi. Ğamlarini aritdi. Ösmirlik davridayoq oila taşvişini öz zimmasiga oldi. Şu bilan birga, öqiş, bilim oliş uçun özida kuç va imkon  topa oldi.

U özini kelajakda bilimli, el koriga yaraydigan inson sifatida körişni orzu qilardi va bunga işonardi. Bu işonç unga kuç bağişlar, orzulari sari dadil qadam taşlaşga undardi. Qişloqdoşlari esa undagi tirişqoqlik va ğayrat-şijoatni körib, “Tangriberdining öğlidan kayvoni çiqadi”, deb köp aytişardi.

Davron bobo öz mehnat faoliyatini 1955 yilda öşa paytlarda taşkil etilgan Artel birlaşmasida kasb-hunar örganişdan boşlagan. Şundan söng 1957 yilda mebel işlab çiqariş sexida iş faoliyatini davom ettirdi. Köp ötmay sex boşliği vazifasiga tayinlandi. 1964-1967 yillarda Qarşi politexnikumida tahsil oldi. Texnikumni bitirgan yili uni şu joyda işga olib qolişdi. 1970 yildan to nafaqaga çiqquniga qadar Uy-joy kommunal xöjaligi boşqarmasida turli lavozimlarda işladi.

Aytiş kerakki, otaxonning butun umri halol mehnatda ötdi. Öz mehnati, odamiyligi, işga bölgan munosabati tufayli mehnat jamoasida ham, odamlar orasida ham hurmatga sazovor böldi.  Hamkasblari, şogirdlari, taniş-bilişlari hozir ham uning xonadonidan oyoq uzişmaydi. Otaxonning suhbatini oliş payidan bölişadi.

Davron bobo oilada ham özini baxtli hisoblaydi. Otaxon ön farzandni tarbiyalab, voyaga yetkazdi. Barçasini öqitib, kasbga yönaltirdi, ularni uyli-joyli qildi.

— Ötayotgan umrimdan roziman, —  deydi otaxon. — Hayotdan nolib yurganlarni körsam, ranjiyman. Odam bolasi niyati, amali bilan öz taqdiriga sababçi böladi. Şunday ekan, har bir işning oxirini öylab iş tutadigan samimiy insonlar heç qaçon yomonlik körmaydilar.

Otaxonning hayotdagi şiori — halol mehnat, samimiylik, yaxşilik. Zero, insonda şunday xislatlar jam ekan, uning darajasi yuksalib boraveradi. Davron boboga öxşagan piru badavlatlar esa yonimizda biz uçun kömakdoş, duogöy bölib, özlarining tafakkur quyoşi bilan yöllarimizni yoritib boraveradilar.

Ğaybulla Aminov,

Qaşqadaryo viloyati.

By Behzod

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan