nuroniylar va yoşlar muloqotlari qizğin pallaga kirmoqda

 Yurtimizda özlikni anglaş, milliy ong va tafakkurni, şuningdek, milliy ğururni yuksaltiriş, faol fuqarolik pozitsiyasini şakllantiriş, yoşlar orasida vatanparvarlik, yurt taqdiriga daxldorlik hissi hamda masʼuliyatni qatʼiy şakllantiriş masalalariga ijtimoiy islohotlarning muhim keyslaridan biri sifatida qaraladi.

Ayniqsa, bugunga kelib, uzoq yillik tarix hamda tamaddun asoslarini çuqurroq örganiş, zamonaviy bilim va könikmalarni özlaştiriş, jahon mehnat bozorida raqobatga çidamli kadr sifatida şakllaniş yoşlar oldiga keçiktirib bölmas vazifalarni qöymoqda. Bu jarayonda uzoq yillik boy hayotiy tajribaga ega nuroniylarning yöl-yöriq, maslahatlari ğoyat qöl keladi. Şu maʼnoda, joylarda taşkil etilayotgan “Uç avlod uçraşuvi” doirasidagi tadbirlarning yoşlar tarbiyasida öz örni, sezilarli taʼsiri bor, deyiş mumkin.

Keyingi kunlarda mamlakatimizning turli hududlarida uşbu tadbirlarning yanada qizğin pallaga kirganidan köriş mumkinki, mazkur uçraşuvlar örta va yoş avlod vakillari uçun öziga xos hayot maktabi vazifasini ötamoqda.

Jumladan, Navoiy viloyatining Konimex va Tomdi tumanlarida bölib ötgan   tadbirlar ham dolzarb mazmun-mohiyat kasb etdi. Konimex tumani texnikumida taşkil etilgan uçraşuvda “Nuroniy” jamğarmasi viloyat bölimi raisi Şabon Nabiyev, mutasaddi taşkilot va idoralar vakillari, nuroniylar va yoşlar iştirok etdilar. Tadbirda sözga çiqqn Şabon Nabiyev yoşlar el-yurtning ertangi kunini belgilovçi katta kuç ekanini, ularning tarbiyasi, odob-axloqi, salohiyati, maʼnaviy olamining şakllanişida nafaqat ota-onalar va maktab, balki keng jamoatçilik, xususan, mahalla, ayniqsa, keksa nuroniylarning örni katta ekanini taʼkidladi. Şuningdek, ularni Vatanga muhabbat, sadoqat ruhida östiriş, yot ğoyalar taʼsiridan asraş, milliy mafkura va qadriyatlar, barkamollik tamoyillari asosida tarbiya qiliş masalalariga jiddiy eʼtibor qaratilişi lozimligini qöşimça qildi.

Tomdi tumanidagi 12-son musiqa va sanʼat maktabida bölib ötgan tadbirda tuman hokimi örinbosari N.Beknazarov, tuman Nuroniylar jamoatçilik kengaşi raisi L.Bayanasov, nuroniy otaxon va onaxonlar, taşkilot va muassasalar rahbarlari, jamoatçilik vakillari hamda yoşlar iştirok etdilar.

Uçraşuv davomida nuroniylar özlarining boy hayotiy tajribalari, bosib ötgan yöllari, mehnat faoliyati va hayot saboqlari haqida hikoyalar qilib, yoşlarga özlarining qimmatli maslahatlarini berdilar.

Umidjon EŞPÖLATOV.

By Behzod

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan