Yurtimizda istiqomat qilayotgan, bir asrlik donişmandlik maktabini ötagan faxriylarimiz davlatimizning doimiy eʼtibori va ğamxörligida umrguzaronlik qilmoqda.

Vatanimiz mustaqilligining 35 yillik bayrami arafasida 100 yoşga tölgan va undan oşgan tabarruk otaxon hamda onaxonlarimiz xonadoniga bayram şukuhi kirib borayotgani sözimiz isbotidir.

Jumladan, Navoiy viloyati Karmana tumanining “Alişer Navoiy” mahallasida yaşovçi 103 yoşli Salomat aya Kenjayeva hamda “Dehqon” mahallasidagi 105 yoşli Muyassar aya Hoşimovaga Prezidentimiz taşabbusi bilan qutluğ yoş munosabati bilan belgilangan pul mukofotlari va qimmatbaho esdalik sovğalari topşirildi.

Bundan şodlangan, tinç va osoyişta hayotimiz fayzi bölgan keksalarimizning yuz-közida quvonç porladi. Minnatdorlik tuyğulari va yaxşi kunlar uçun şukronalik ularning samimiy duolarida aks etdi.

“Qarisi bor uyning parisi bor”, deydi donişmand xalqimiz. Tabarruk nuroniylarimizning ögitlari, duolari bilan yurtimiz tinç, xalqimiz farovon, avlodlarimiz barkamol bölişi şubhasiz.

Joylarda piri badavlat nuroniylarimizni yöqlaş va qutlaş tadbirlari davom etmoqda.

Umidjon EŞPÖLATOV.

By Behzod

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan