Mustaqilligimizning 35 yillik şonli bayrami arafasida yurtimizda uzoq yillar davomida halol mehnat qilib, el-yurt ravnaqiga munosib hissa qöşgan, ibratli hayot yölini bosib ötgan nuroniylarimizga yuksak ehtirom körsatilmoqda. Zero, keksalarni eʼzozlaş, ularning boy hayotiy tajribasi va ibratini qadrlaş — xalqimizning eng ezgu va boqiy qadriyatlaridan biridir.

Ana şunday insonlardan biri — Döstlik tumanining “Bunyodkor” mahallasida istiqomat qiluvçi 100 yoşli faxriy onaxon Salomat Öralovadir. Davlatimiz rahbarining tegişli Farmoniga muvofiq, bir asrlik umr yölini mehnat, sabr-toqat, matonat va ezgulik bilan bezagan Salomat ona Öralova “Şuhrat” medali bilan taqdirlandi.

Jizzax viloyati hokimi örinbosari, Oila va xotin-qizlar boşqarmasi boşliği Gulnora Normurodova hamda tuman mutasaddilari onaxon xonadonida bölib, bayramona va samimiy muloqot asnosida Salomat onaga “Şuhrat” medali hamda viloyat hokimligining esdalik sovğalarini taqdim etdi.

Bu inson qadri uluğlangan yurtimizdagi ğamxörlik va insonparvarlik siyosatining yana bir yorqin namunasi böldi.

Maysara NAZAROVA.

By Behzod

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan