Buxoro viloyati Ğijduvon tumani Mahallamirzayon qişloğida tinç va totuv yaşab kelayotgan Ğanişer aka va Hanifa ayaning xonadoniga kirib borganimda, ikki nuroniyning suhbatlaşib  turganini ustidan çiqdim.

— Keling, keling, domullo! Qaysi tomondan quyoş çiqdi? Biz tomonlarga qadam ranjida qilib qolibsiz?! — kulib qarşi oldi Ğanişer aka, men tomon quçoq oçib kelarkan. — Yangangizga şu anjirni yeb ol, desam, könmaydi heç. Bilasiz, u ançadan buyon harakatlana olmaydi.

“Ana sadoqat, ana mehribonlik!..” — degan öy ötadi xayolimdan. Töğrisi, juda havasim keldi ularga. “Köz tegmasin, köz tegmasin!” — deya piçirlab qöyaman özimga özim.

Ular haqida maqola yoziş istagim haqida aytarkanman, kamtar Ğanişer aka biroz iymandi. Keyin suhbatimiz asta qör ola boşladi.

— Bizning davrimizda hayot butunlay bölakça edi. Hozirgi kunlardagidek tökin-soçinlik, farovonlik qayerda edi, deysiz?! — deya hikoyasini boşlaydi suhbatdoşim. — Hali baloğat yoşiga yetmay turib, oğir va maşaqqatli mehnatning yukini yelkaga olganmiz. Öquvçilik davrimizdanoq kolxoz dalasiga çiqib işlaganmiz. Bolaligimiz uruşdan keyingi qiyinçilik yillariga töğri kelgan. Töyib ovqatlaniş qayerda deysiz? Goh töq, goh oç, ustimiz yupun. Şunday voyaga yetdik. Öqidik… Hunar egallab, traktorçi böldik. Keyingi hayotimiz halol va sidqidildan mehnat qiliş bilan keçdi…

Yangangiz bilan ota-onalarimizning istaklariga köra turmuş qurdik. Turmuşimiz yomon keçmagan, bir-birimizni tuşunib yaşaşga harakat qildik. Rözğorning yukini birga kötardik, uning aççiq-çuçugini birgalikda baham kördik, birin-ketin bolalarimiz dunyoga keldi. Ularni yedirib-içiriş, kiyintiriş taşvişi bizni ahil bölişga undadi… Ön bir nafar bola va yana ikkalamiz, jami ön uç jonni yedirib-içiriş, kiyintiriş, tökinlikda tutib turişning özi böladimi?! Hozirgidek pörsildoq nonlar, şirin-şakar noz-neʼmatlar, meva-çeva yöq edi u davrlarda. Makkajöxori unidan qilingan zoğora non, atala, omoç va makarondan iborat oş-ovqat farovonlik belgisi emas-da. Maktab va boğçalarning yerlariga ham paxta ekilgan, meva daraxtlariga soliq solingan. Buğdoydan böşagan yer maydonidan bir siqim un qilaman deb boşoq tergan kunlarimizni unutib böladimi?! Qaysi bir yetişmovçilikni, qaysi bir qiyinçilikni aytay sizga? Gaz, svet degan narsalar tuşimizga ham kirmagan. Kerosinda yonadigan yettinçi, sakkizinçi lampa yoqib, qiş kunlarida sandalda jon saqlaganmiz. Rahmat, mustaqillik degan neʼmatni bizga yaratib berganlarga!..

— Yangamni biror marta xafa qilganmisiz? — deb sörayman hazil aralaş.

— Ibi, qiziqmisiz? Qahramon onani kim xafa qildirib qöyadi sizga?! — U kişi hazilga hazil bilan javob beradi. — Qörqardim yangangizdan. “Nega Qahramon onani xafa qilding?”, deb qamab qöyişadi deb qörqqanman.

— Özingizda ham bormi orden, medallar? Axir, qirq yildan oşiqroq mehnat qilganman, deysiz-ku?!

— Xudoga şukr, bor, yöq emas! Faqat, kiçikroqlari — nişonlar, faxriy yorliqlar.

— Ğanişer aka, hozirgi kunda ayrim yoşlar million-million pul sarflab, danğillama töy qilib, turmuş qurişadi-yu oradan heç qança vaqt ötmay, bir yoki ikki bola bilan ajraşib ketişadi, bunga nima deysiz?

— Nima derdim? Bundaylarda şukr qilmoq, qanoat yöq. Birdaniga boyib ketsam, ostimda qöşa-qöşa maşinam bölsa, haşamatli imoratlarda yaşasam, degan bölmağur xayollarda ular. Oila muqaddas ekanini öylaşmaydi. Bu juda yomon odat. Boya aytdim, qanday yaşaganimizni, umr keçirganimizni. Köp ayol-qizlarimiz köçaga çiqib, özini er sanagan ayrim erkaklar uyga kirib qolişdi. Bu endi qanday oila bölsin?! Oilaning ustuni erkak bölişi kerak, ayol emas!.. Oltmiş yildan ziyod tinç va osoyişta yaşaganimizning boş sababçisi — yangangiz. Boya, oilada uriş-janjal bölganmi, deb söradingiz. Oila böladi-yu, uriş-janjal bölmaydimi?! Böladi, bizda ham bölgan. Biroq, ikkalamiz ham keçirimli bölib yaşadik. Yangangiz qança ranjimasin, tik qaragan emas yuzimga, unga rahmat, bir-birimizni tuşunib, şu dorilomon kunlarga soğ-omon yetib keldik.

Ha, oila deb atalmiş qörğonning har bir ğiştini muqaddas deb bilgan, ayni paytda Buxoro viloyati Ğijduvon tumani Mahallamirzayon qişloğida tinç va totuv yaşab kelayotgan Ğanişer aka va Hanifa ayaning hayotini örnak sifatida körsatsak, arziydi.

Bugun obod Özbekistonimizda umrguzaronlik qilayotgan har bir kişi, xoh u ayol, xoh u erkak bölsin, baxtning, baxtiyorlikning taʼmini totib yaşaşga haqli. Yuqorida turmuşlaridan hikoya qilganimiz nuroniylar singari keçirimli bölsa, uzoq va saodatmand yaşaş, ibratli oila qörğonini bunyod etiş şubhasiz, albatta. Şundagina mustaqil mamlakatimizda baxtli oilalar soni ortib boraveradi.

Samad Muhammad DAMIN,

Buxoro viloyati.

By Behzod

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan