Şörçi tumanidagi “Köklam” mahallasida joylaşgan 9-maktab jamoasi nuroniy Fayzullo bobo Hamidovni yaxşi taniydi va juda hurmat qiladi. Bu bejiz emas, albatta. Maktabda otaxonning nomi bilan maxsus stipendiya taʼsis etilgan. Otaxonning şaxsiy jamğarmasidan ajratiladigan uşbu moddiy rağbat 10 ta mezon (odob, namunali xulq, darsga keçikmaslik, aʼlo baholarga öqiş, faollik, taşabbuskorlik, izlanuvçanlik, kitobsevarlik, ozodalik va tengdoşlariga örnak böliş) böyiça yuqori sinf öquvçilariga beriladi.
45 yil maktabda işlab, nafaqaga çiqqan faxriy muallim yuqori sinfga ötgan öquvçilarning ösmirlik xayollari bilan çalğib, ilmga qiziqişi susayişini öz tajribasida köp kuzatgan. Şu bois, maktab jamoasi bilan kelişgan holda uşbu ezgu taşabbusni ilgari surgan. Har çorakda eng munosib öquvçilar saralab olinadi hamda ularga 450 ming sömdan stipendiya topşiriladi. Buni qarangki, talabgorlar köpayib, sinflarda özlaştiriş va faollik sezilarli darajada ortdi. Fayzullo bobo esa har hafta maktabga kelib, ustozlar bilan suhbatlaşadi, yangi çorak stipendiyasiga daʼvogarlar bilan yaqindan tanişadi.
— Biz yaşaydigan köça Fayzullo Xöjayev nomida, — deydi otaxonning 52 yillik umr yöldoşi Naziraxon ona. — Köçamizda 25 nafar maktab öquvçisi bor. Işonsangiz, Fayzullo ota ular bilan döstdek qadrdon. Yoşlarni kitobxonlikka, sportga va tadbirkorlikka qiziqtiradi. Şu bois, köçamizda huquqbuzar va betayin yoşlar umuman yöq.
— Boboning yoşi 76 da, ammo faollikda yoşlardan qolişmaydi, — deydi “Nuroniy” jamğarmasi tuman bölimi raisi Örol Çötboyev. — Tuzilmamiz faoliyatining muvaffaqiyati Fayzullo Hamidov kabi fidoyi va ziyoli faollarimizga boğliq. Otaxon davlatimiz rahbari taşabbusi bilan boşlangan “Bir nuroniy — ön yoşga masʼul” tamoyili böyiça 2024 yili Surxondaryo viloyati bosqiçi ğolibi sifatida respublika körik-tanlovida iştirok etdi.
Bugungi kunda u öziga biriktirilgan xonadonlar bilan ham faol işlamoqda. Masalan, mahalladagi Gavhar Şaydullayevalar oilasi otaxonning kömagi bilan tomorqasiga kartoşka va mevali daraxt köçatlari ekdi. Maxsus subsidiya yordamida soğin sigir olib, daromad manbaiga ega böldi. 9-sinfda öqiyotgan öğli Azizbekning maktabdan böş vaqtida mebel sexiga şogird bölib işga kirişiga, ham hunar, ham daromad topişiga yordam berildi. Natijada uşbu oila tez orada kambağallik reyestridan çiqdi.
Xuddi şuningdek, Bozorboy Haitovlar oilasi ham Fayzullo otaning yordamidan minnatdor. Oilaning farzandi Ğanişer töy xarajatlarini topiş uçun uzoq Sariosiyo tumanida mavsumiy işda yurgan edi. Otaxonning taşabbusi bilan u tuman yonğin xavfsizligi xizmatiga işga joylaşdi. Oila töy ötkazib, ehtiyojmandlar röyxatidan çiqarildi.
— Köplab şogirdlar yetiştirganimdan baʼzan juda tölqinlanib ketaman, — deydi suhbatdoşimiz. — Şogirdlarimdan biri Örol Boboqulov Şörçi tumaniga hokim bölganida, uni tabriklab, eng avvalo, markaziy kutubxona uçun yangi bino qurib beriş zarurligini aytgandim. Bugun uşbu maʼrifat maskani zamon talablariga javob beradi. Şogirdimning özi bu işga boş bölganidan, nuroniylar maslahatini olib turişidan ustoz sifatida faxrlanaman.
Fayzullo Hamidov Şörçidagi 75 ta maktabda tez-tez bölib, öquvçilar bilan ijtimoiy-siyosiy jarayonlar, vatanparvarlik, “yaşil makon” loyihasi, Vatan obodligi va oila muqaddasligi mavzularida samimiy suhbatlar ötkazişni anʼanaga aylantirgan. Bu haqida gap ketganda, ota öz xonadonini faxr bilan tilga oladi. Ayoli Nazira ona qaynonasi Noroy momo bilan 32 yil ona-boladay yaşagan. 30 yildan ortiq farmatsevtika sohasida xizmat qilgan onaxon 3 qiz va 2 öğilni voyaga yetkazdi. Bugun farzandlarning barçasi oilali va öz iş örniga ega.
Ularning kenja öğli Jörabek va kelini Feruzaxon bilan birga istiqomat qilişadi. Uzatilgan qizlari va alohida yaşaydigan tönğiç öğli ham ota-onasining pandu nasihatlarini oliş uçun tez-tez kelib turişadi. Töy-bayramlarda Fayzullo otaning xonadoni fayzga töladi. Obröli juftlikning xonadoni bahorda gullab-yaşnasa, yozu kuzda hosil berib közni quvnatadi. Fayzullo otaning yana bir sevimli maşğuloti — boğdorçilik. Tomorqasida 50 tupdan ortiq mevali daraxtlar, möʼjazgina issiqxonada limonariysi bor. Ularni parvarişlab olingan hosilni mahalla-köy, nabira-çevaralariga ulaşadi, ortganini içki bozorga çiqarib, halol daromad topadi.
Zamira RÖZIYEVA,
“Nuroniy ” muxbiri.