Keksalik davrida keçadigan tabiiy özgarişlar qatorida tişlarning zaiflaşişi, mörtlaşişi va tuşib qolişi ham köp uçraydi. BU ESA nafaqat ovqatni yaxşi çaynaş, balki aniq gapiriş, yuz qiyofasi va insonning öz taşqi körinişiga bölgan işonçiga ham taʼsir körsatişi mumkin.

Bugungi stomatologiya sohasidagi zamonaviy imkoniyatlar tufayli tişlarini yöqotgan keksalar uçun bu muammoning samarali yeçimlari mavjud. Tiş protezlari yordamida çaynaş funksiyasini tiklaş, nutqni yaxşilaş va yuzning tabiiy şaklini saqlaş imkoni bor. Şu bois, protezlar köplab yoşi uluğ insonlarning hayot sifatini yaxşilaşda muhim vositaga aylangan.

Keksalarda oğiz böşliğining holati, saqlanib qolgan tişlar soni, milklar holati va boşqa omillarga qarab turli xil protezlar qöllaniladi. Asosan töliq yoki qisman olinadigan protezlar, şuningdek, qözğalmas protezlardan foydalaniladi. Qaysi turdagi protez bemor uçun qulay va maqbul ekanini stomatolog tekşiruvdan söng belgilaydi.

Protezni özboşimçalik bilan tanlaş yoki boşqa insonga moslangan protezdan foydalaniş tavsiya etilmaydi. Notöğri moslangan protez milklarni şikastlaşi, oğriq, noqulaylik va yalliğlanişga sabab bölişi mumkin.

Tiş protezlarining asosiy vazifasi yöqotilgan tişlarning funksiyasini imkon qadar tiklaşdan iborat. Ular ovqatni yaxşiroq çaynaş, ovqatlaniş jarayonini yengillaştiriş, nutq va talaffuzni yaxşilaş, yuz va lablarning tabiiy şaklini saqlaş, insonning taşqi körinişi va öz-öziga işonçini oşirişga yordam beradi. Şuning uçun protezni şunçaki sunʼiy tişlar majmuasi sifatida emas, balki insonning kundalik hayoti va salomatligiga xizmat qiluvçi muhim ortopedik vosita sifatida baholaş lozim.

Protezdan foydalanişning özi yetarli emas. Uning uzoq vaqt xizmat qilişi va oğiz böşliğida noqulaylik keltirib çiqarmasligi uçun muntazam parvariş talab etiladi. Olinadigan protezlarni har kuni ertalab va keçqurun maxsus yumşoq çötka yoki protezlar uçun möljallangan vositalar yordamida tozalaş maqsadga muvofiq. Ovqat qoldiqlari protez ostida yoki yuzasida qolib ketsa, bakteriyalar köpayişi, noxuş hid paydo bölişi va milklarda yalliğlaniş yuzaga kelişi mumkin. Ovqatdan keyin protezni suv bilan çayiş ham foydali. Bu unda qolib ketgan ovqat zarraçalarini bartaraf etişga yordam beradi. Protezni tozalaşda juda qattiq çötka, qaynoq suv yoki protez materialini şikastlaşi mumkin bölgan vositalardan foydalanmaslik kerak. Ayniqsa, protezni qaynoq suvga soliş uning şaklini özgartirişi kuzatiladi.

Köpinça protezdan foydalanuvçilar uni tozalaşga eʼtibor berib, oğiz böşliğining özini parvariş qilişni unutib qöyadilar. Aslida, til, milklar, tanglay va saqlanib qolgan tabiiy tişlarni ham muntazam tozalaş zarur. Milklarni yumşoq çötka bilan ehtiyotkorlik bilan tozalaş qon aylanişini yaxşilaş va oğiz böşliğidagi mikroblar miqdorini kamaytirişga yordam beradi. Saqlanib qolgan tabiiy tişlar esa alohida parvarişga muhtoj.

Oğizda doimiy oğriq, qonaş, qizariş, şiş, yara, noxuş hid yoki protez taqqanda kuçli noqulaylik paydo bölsa, stomatologga murojaat qiliş kerak.

Olinadigan protezlarni keçasi yeçib qöyiş ayrim bemorlar uçun oğiz böşliği töqimalarining dam olişiga yordam berişi mumkin. Biroq bu masala protezning turi va bemorning oğiz böşliği holatiga qarab hal qilinadi. Şuning uçun protezni keçasi yeçiş yoki taqib uxlaş masalasida stomatolog tavsiyasiga amal qiliş eng töğri yöldir.

Yeçilgan protezni toza holda, şifokor tavsiya qilgan usulda saqlaş lozim. Protezni tasodifan tuşirib yubormaslik yoki yöqotib qöymaslik uçun uni belgilangan joyda saqlaş ham muhim.

Vaqt ötişi bilan protez böşaşişi, milkni işqalaşi yoki çaynaşda noqulaylik paydo qilişi mumkin. Bunday holatda protezni uy şaroitida egiş, kesiş, yönib özgartiriş yoki turli yopiştiruvçi moddalar bilan taʼmirlaşga uriniş mumkin emas.

Protezda nosozlik paydo bölsa, stomatolog-ortopedga murojaat qiliş zarur. Mutaxassis protezning holatini baholab, uni moslaştiradi yoki zarur bölsa, yangisini tayyorlaşni tavsiya etadi. Protez oğizda uzoq vaqt xizmat qilişi uçun uni vaqti-vaqti bilan mutaxassisga körsatib turiş lozim. Umuman, stomatolog körigidan muntazam ötiş keksalik davrida oğiz böşliği salomatligini saqlaşda muhim ahamiyatga ega.

Zilola Amonova,

“EMU University” 

4-boskiç talabasi.

By Behzod

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan