Mazkur kasallik markaziy asab tizimining surunkali kasalligi bölib, u miya faoliyatidagi elektr impulslarining buzilişi natijasida yuzaga keladi. Kasallik talvasalanuvçi (tutqanoq) xurujlari bilan keçadi, ular tösatdan boşlanadi va köpinça kutilmagan holatlarga olib kelişi mumkin.

Epilepsiya har qanday yoşda, jinsi va millatidan qatʼiy nazar, har bir insonga taʼsir qilişi mumkin. Dunyoda taxminan 50 millionga yaqin odam uşbu kasallikdan aziyat çekadi.

Bu sindrom baʼzida nazorat ostida saqlanadi, ammo ayrim holatlarda hayot uçun xavfli oqibatlarga sabab bölişi mumkin. nevrologik kasallikdir. Xastalik tösatdan boşlanuvçi va takrorlanuvçi tutqanoq xurujlari bilan tavsiflanadi.

Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti maʼlumotlariga köra, dunyo böyiça 50 milliondan ortiq inson uşbu kasallikdan aziyat çekadi. Epilepsiya yoş, jins va ijtimoiy maqomga boğliq bölmagan holda har qanday şaxsda rivojlanişi mumkin.

Töğri va öz vaqtida tanlangan medikamentoz terapiya yordamida xurujlarni nazorat qiliş imkoniyati mavjud, biroq tegişli tibbiy nazoratning yöqligi hayot uçun xavfli oqibatlarga olib keladi.

Kasallikning etiologiyasi turli omillarga boğliq bölib, ular sirasiga genetik moyillik, boş miya jarohatlari, perinatal gipoksiya, neyroinfeksiyalar (meningit, ensefalit), boş miyada qon aylanişining ötkir buzilişlari (insult) hamda ösma jarayonlari kiradi.

Holatlarning taxminan 50 foizida anamnez va diagnostik tekşiruvlar orqali aniq sababni aniqlaş imkoni bölmaydi, bunday hollarda kriptogen yoki idiopatik epilepsiya taşxisi qöyiladi.

Patologik jarayonning lokalizatsiyasi va qamroviga köra xurujlarning bir neça asosiy klinik şakllari farqlanadi. Fokal (qisman) xurujlarda elektr razryadi boş miyaning muayyan bir sohasida çeklanadi.

Bemorda xuş saqlangani holda tananing maʼlum qismlarida muşak qisqarişlari va paresteziyalar kuzatiladi. Generalizatsiyalaşgan xurujlarda jarayonga boş miyaning ikkala yarim şari bir vaqtning özida jalb qilinadi.

Bemor xuşini yöqotadi, tonik-klonik sudorogalar, oğizdan köpikli ajratma kelişi va beixtiyor defekatsiya yoki miksiya kuzatilişi mumkin. Absans şakli asosan pediatrik amaliyotda uçrab, qisqa muddatli (bir neça soniyalik) xuşning vaqtinçalik uzilişi va atrof-muhitga munosabatning yöqolişi bilan keçadi.

Epilepsiya sindromi nazorat qilinmagan hollarda bir qator oğir asoratlarni keltirib çiqarişi mumkin. Epileptik status (Status Epilepticus) — 5 daqiqadan ortiq davom etadigan yoki bemor xuşiga kelmasdan ketma-ket takrorlanadigan xurujlar bölib, u şoşilinç reanimatsion yordamni talab etadi va boş miya gipoksiyasi hamda töqimalar ölimiga sabab böladi.

Epilepsiyada tösatdan ölim sindromi (SUDEP) kam uçraydigan, ammo nazoratsiz xurujlar fonida yurak ritmi va nafas markazi faoliyatining töxtaşi bilan keçadigan xavfli holatdir. Bundan taşqari, xuruj vaqtida yiqiliş va travmatik jarohatlar oliş, şuningdek, bemorlarda depressiv holatlar va ijtimoiy dezadaptatsiya rivojlanişi xavfi yuqori böladi.

Profilaktika va bemorlar hayot sifatini oşiriş tadbirlari antikonvulsant vositalarni şifokor-nevrolog tavsiyasiga köra muntazam va belgilangan tartibda qabul qilişni nazarda tutadi.

Şunga qaramay, uyqu va dam oliş rejimiga rioya qiliş, stress omillari, kuçli vizual va akustik qözğatuvçilardan saqlaniş hamda muntazam dispanser nazoratida böliş muhim ahamiyatga ega. Bemorning yaqinlari va atrofdagi şaxslar xuruj paytida birinçi yordam körsatiş qoidalaridan xabardor bölişlari zarur.

Zahro AMONOVA,
Samarqand davlat tibbiyot universiteti dotsenti.

By Behzod

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan