Yoş ulğayganida ham teran fikrlaş, yaqinlar bilan mazmunli suhbat quriş, öqigan-körganlarini eslab qoliş — har bir insonning istagi. Miya salomatligini asraşda ovqatlanişning örni qanday? Olimlar örganayotgan MIND parhezi orqali aynan şu savollarga javob topiş mumkin.

MIND parhezi — Örta Yer dengizi ovqatlaniş usuli bilan qon bosimini nazorat qilişga qaratilgan parhez tamoyillarini birlaştirgan tizim. U 2015 yilda amerikalik olim Marta Kler Morris va hamkasblari tomonidan ilmiy jamoatçilikka taqdim etilgan bölib, yoşga boğliq xotira va fikrlaş qobiliyati pasayişining oldini oliş maqsadida işlab çiqilgan.

Tadqiqotda örta va keksa yoşdagi 1647 nafar kişi iştirok etdi. Ularning dastlabki örtaça yoşi taxminan 61 yoşni taşkil etgan. Iştirokçilarning miya tuzilişi MRT yordamida kuzatilgan. MIND parheziga rioya qiliş böyiça örtaça körsatkiç (15 balli baholaş tizimida) 7 balldan biroz pastroqni taşkil etgan.

Uşbu parhezda sabzavotlar, ayniqsa, yaşil bargli kökatlar, dukkaklilar, butun don mahsulotlari, yonğoq va baliqqa keng örin beriladi. Qulupnay, malina kabi rezavor mevalar, parranda göşti, baliq, zaytun moyi isteʼmol qilinişi zarur. Sariyoğ, yoğli pişloq, qizil göşt, şirin pişiriqlar va yoğda qovurilgan taomlarni esa çeklaş kerak.

Ayrim oziq-ovqat mahsulotlari miya faoliyatiga bevosita taʼsir körsatadi. Xususan, rezavor mevalar va parranda göşti miyada ijobiy özgarişlar bilan boğliq bölsa, şirinliklar va qovurilgan tez tayyorlanadigan taomlar töqimalarning köproq yöqolişiga olib kelişi mumkin.

Bu parhezni özimizning özbekça  dasturxonimizga ham moslaştirsa böladi. Masalan, dukkakli mahsulotlar uluşini oşiriş uçun yoğsizroq moşxörda, loviyali yoki nöxatli şörva tayyorlanadi, nonuştaga suli bötqasi pişirilib, tuşlikka sabzavotli salat qöşiladi. Baliq va tovuqni duxovkada yoki buğda pişirib, salatni mayonez örniga kamroq ösimlik moyi bilan tayyorlasa ham böladi. Rezavorlarni yozda şakar qöşmasdan muzlatib qöyilsa böladi.

Tadqiqotçilar fikriça, MIND tomonidan tavsiya etilgan, rezavorlar antioksidantlarga boy bölsa, parranda göşti yuqori sifatli oqsil manbalarini oksidlovçi stressni va neyronlarning şikastlanişini kamaytirişi mumkin. Aksinça, nosoğlom yoğlar, trans yoğlar va rivojlangan glikatsiya mahsulotlariga boy qovurilgan tez tayyorlanadigan taomlar yalliğlaniş va qon tomirlarining şikastlanişiga sabab böladi.

Tadqiqot  natijalariga köra, uşbu parhez, ayniqsa, keksa, yoşdagilarga foydali ekani aniqlangan. Taʼkidlanişiça, soğlom turmuş tarziga amal qilib, ayni paytda MIND parhezi böyiça ovqatlaniş yölga qöyilsa, xotira pasayişi kabi  neyrodegenerativ kasalliklar xavfi kamayadi.

S.SOBIROVA

tayyorladi.

By Behzod

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan