Suv — tiriklikning muhim şartlaridan biri. Organizmda suvning hatto 1-2 foizi yöqolişi ham kişining umumiy holatiga taʼsir qilişi mumkin. Masalan, yengil suvsizlanişda çanqaş, oğiz qurişi, boş oğriği, holsizlik, diqqat va xotiraning pasayişi kuzatiladi. Örtaça suvsizlaniş esa boş aylanişi, yurak urişining tezlaşişi, quruq teri, muşaklarda tortişiş, qabziyat, jismoniy iş qobiliyatining pasayişi belgilari bilan sezila boşlaydi.

Suvsizlanişning oğir darajasida esa qon bosimining tuşişi, huşdan ketiş, buyrak faoliyatining buzilişi, tana haroratining oşişi, hatto şok holati, hayot uçun xavfli asoratlar kuzatilişi mumkin.

Şuningdek, teri quruqlaşadi, xiralaşadi va yorqinligini yöqotadi. Mayda ajinlar yaqqolroq körinadi. Terining tiklanişi sekinlaşadi.

Tananing suvsizlanişi bolalar, keksalar, sportçilar, issiq havoda işlaydigan xodimlar uçun köproq xavfli. Şuning uçun kun davomida yetarli suyuqlik içiş şart. Bu, ayniqsa, issiq havoda va jismoniy faollik paytida muhim. Suvsizlaniş alomatlari kuçli bölsa, şifokorga murojaat qiliş tavsiya etiladi.

Azizbek Toşqöziyev,

oliy toifali şifokor, kardiolog, terapevt.

By Behzod

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan