Navoiy viloyatida Navoiy kon-metallurgiya kombinati sport majmuasida Özbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligiga bağişlangan faxriylar örtasidagi xalqaro mini-futbol turnirida Jizzax viloyati jamoasi muvaffaqiyatli qatnaşib, final bahsida mezbonlarning “Qizilqum” jamoasini 3:1 hisobida mağlub etib, boş sovrinni qölga kiritdi.
Mazkur turnirda mamlakatimizning turli hududlaridan kelgan jamoalar bilan bir qatorda, Rossiya, Belarus, Qirğiziston, Tojikiston, Qozoğiston va Litva davlatlari vakillari ham qatnaşdi. Musobaqa iştirokçilari uçun yoş mezoni 45 yoş va undan katta etib belgilandi.
Turnirda 16 ta jamoa iştirok etib, ular tört guruhga ajratildi. Guruh bosqiçidagi bahslar 20 daqiqadan ikki bölimda ötkazilgan bölsa, pley-off uçraşuvlarida bölimlar davomiyligi 15 daqiqadan belgilandi. Demak, hal qiluvçi bahslarda jamoalar 30 daqiqa mobaynida ğoliblik uçun kuraş olib bordilar.
Bunday qisqa format futbolçilardan maydonda yuqori surʼatni uşlab turiş, töpni aniq uzatiş va yuzaga kelgan imkoniyatlardan samarali foydalanişni talab qildi.
Jizzax viloyati faxriylar jamoasi musobaqa boş sovrinini qölga kiritgan bölsa, Navoiy viloyati jamoasi ikkinçi, Andijon viloyati vakillari uçinçi örinni egalaşdi. Musobaqa yakunida ğoliblar taşkilotçilar tomonidan qimmatbaho esdalik sovğalari bilan taqdirlandilar.
Yusufbek SAYDALIYEV.