Bir qaraganda, “yolğizlik” atamasini zamonaviy davr kişisiga nisbatan qöllaş biroz eriş tuyuladi: hamma muayyan iş bilan band, hayot qaynamoqda, köçalarda, jamoat joylarida odamlar gavjum… Şu holatda inson qanday yolğiz bölişi mumkin?
Psixologlarning fikriga köra, bugungi kunda ayrim insonlar ruhiyatida yolğizlik, atrofdagilarga işonçsizlik hislari kuçayib, ijtimoiy izolyatsiya darajasiga yetmoqda. Ijtimoiy tarmoqlarda axborot hajmi kengayib, çek-çegara bilmas maʼlumotlar har bir xonadonga kirib borayotgan bir vaqtda real hayotdan maʼnan uzilib qolmaslik zamonaviy jamiyatning irodasini sinovdan ötkazmoqda.
Vaqt bir yerda turib qolmaydi. Uzluksiz özgarişlar jarayonida insonlarning turmuş tarzi ham özgarib bormoqda. Markaziy şaharlardan tortib, qişloqlargaça 24/7 rejimining normallaşib, ijtimoiy tarmoqlar aholining hayotiga çuqurroq kirib borayotgani fonida, afsuski, ayrim yöqotişlar közga körinmoqda. Masalan, haftaning yetti kunida ham uzzukun, iş bilan band böliş, tarmoqlarda uzundan uzoq qolib ketiş, alaloqibat, oilalarda ruhiy-maʼnaviy uzoqlik, masofa va bir qadar begonalik hissini şakllantirişga ulgurdi.
Bunday vaziyatda keksalar va bolalar bu hislarni köproq boşdan keçirmoqda. Har ikki yoş toifasining ham mehnatga layoqati nisbatan pastroq bölgani sabab, ularda özini keng jamoatçilikka oid deb bilmaslik, köpçilikdan ayri hisoblaş yoxud atrofdagilarga keraksiz odam sifatida biliş kabi psixologik jarayonlar keçayotgani aniq.
Töğri, şarq xalqlari, ayniqsa, Özbekistonda oilaviy qadriyatlar: özaro hurmat, kiçiklarga izzat, şafqat körsatiş, mehr-oqibatli böliş anʼanalari asrlar çiğiriğidan omon-eson ötib kelmoqda. Ammo ijtimoiy yolğizlik bilan boğliq muammolar, afsuski, hamyurtlarimiz hayotida qalqib yuzaga çiqmoqda.
Psixolog Indira Rahimovaning fikriça, keksalik davrida inson uçun eng muhim psixologik ehtiyojlardan biri — özining jamiyat va oila tomonidan qadrlanişini his etişdir.
Agar keksalar uzoq vaqt davomida eʼtibor, mehr va samimiy muloqotdan çetda qolsa, ularda, avvalo, yolğizlik hissi kuçayadi. Bu esa ruhiy tuşkunlik, xavotir, öziga bölgan işonçning pasayişi va hayotga qiziqişning susayişiga olib kelişi mumkin. Psixologiyada bu holat köpinça ijtimoiy izolyatsiya va emotsional yolğizlik bilan izohlanadi.
Bunday holat uzoq davom etsa, xotira va diqqatning susayişi, uyqu buzilişlari, surunkali stress, depressiv kayfiyat va hatto kognitiv funksiyalarning pasayişi kuzatilişi mumkin.
Şu örinda alohida taʼkidlaş joizki, mamlakatimizda keyingi yillarda keksalar va nuroniylarni har tomonlama qöllab-quvvatlaş, ularning huquq va manfaatlarini himoya qiliş, munosib hayot keçirişlari uçun şart-şaroit yaratişga qaratilgan davlat siyosati izçil rivojlanmoqda. Bu siyosatning muhim jihatlaridan biri — keksalarning ijtimoiy faolligini oşiriş, jamiyat hayotidan çetda qoldirmaslik, ularning hayotiy tajribasi va salohiyatidan samarali foydalanişdir. Zero, keksa inson uçun eʼtibor va ğamxörlik qançalik muhim bölsa, uning jamiyatga kerakli ekanini his qilişi ham şunçalik ahamiyatli.
Bugungi kunda nuroniylarning mahallalar va oilalar hayotidagi örnini mustahkamlaş, hayotiy tajribasini qadrlaş, ularni turli sayohatlarga jalb etiş, salomatligini muxofaza qiliş borasida olib borilayotgan tizimli işlar kutilgan natijani bermoqda.
Bu jarayonlarda oila va yaqinlarning ham muhim örni bor. Nabiralar, öğil-qizlar bobo va buvilariga telefon va internetdan foydalanişni örgatişi keksalarning uzoqda yaşayotgan farzandlari va yaqinlari bilan doimiy aloqada bölişi imkonini beradi. Eng muhimi, keksalarga moddiy yordamdan köra köproq mehr, eʼtibor va samimiy muloqot zarur. Baʼzan bir neça daqiqalik çin dildan qilingan suhbat ham insonning ruhiy holatini sezilarli darajada yaxşilaşi mumkin. Agar yolğizlik hissi uzoq davom etsa va ruhiy tuşkunlik belgilari kuçaysa, psixolog yoki boşqa mutaxassis yordamiga murojaat qiliş maqsadga muvofiq.
Şuni alohida taʼkidlaş kerakki, yolğizlik doimo insonning yolğiz yaşaşi bilan boğliq emas. Baʼzan kişi katta oilada yaşasa ham özini ruhiy jihatdan yakka his qilişi mumkin. Bunday vaziyatlar, odatda, oila aʼzolari örtasida samimiy muloqotning yetişmasligi, keksaning fikri va his-tuyğulariga eʼtibor berilmasligi yoki uning faqat moddiy ehtiyojlari qondirilib, köngil ehtiyojlari eʼtibordan çetda qolişi natijasida yuzaga keladi. Köpinça farzandlar ota-onasining moddiy taʼminotini yetarli deb hisoblaydi, ammo keksalar uçun samimiy suhbat, yaqinlari bilan birga vaqt ötkaziş va ularni tinglaydigan insonning mavjudligini his qiliş muhim.
Ijtimoiy yakkalaniş bolalar psixologiyasida — agar mazkur holatga oila aʼzolari, xususan, ota-ona jiddiy eʼtibor qaratmasa, salbiy özgarişlarni yuzaga keltirişi mumkin. Heç eʼtibor berganmisiz, oilasi, döstlari bilan munosabatlari zaif bölgan bolalar va ösmirlarda passivlik, kelajakka nisbatan işonçsizlik, özini tölaqonli his etmaslik, potensialiga past baho beriş, “qobiğiga berkinib oliş” holatlari yaqqol közga taşlanadi. Bu paytda ösmirga uni eşitadigan, tuşunadigan odam kerak. Mazkur jarayonda ota-ona, şuningdek, oila va jamiyatning, jumladan, maktabning roli, iştiroki hal qiluvçi ahamiyat kasb etadi.
Xalqimizning azaliy qadriyatlariga xos tarzda oilalarda ahillik va totuvlikni asraş, mehr-oqibat tuyğularini kuçaytiriş bugungi kunda zamonaviy xastalik deb eʼtirof etilayotgan va köplab mamlakatlarda katta muammolarni yuzaga keltirayotgan ijtimoiy yolğizlikka barham beruvçi yeçim böla oladi.
Suğdiyona SOBIROVA,
“Nuroniy” muxbiri.