Dunyodagi eng qadrli neʼmat — oila tinçligi va xotirjamligidir. Oilasida halovati bölmagan insonning hayoti ham, kasb-kori ham rangsizdek göyo. Unda na quvonç, na hayrat va na mazmun bor. Baxt degan tuşunça ham asli şundan boşlanadi, bizningça. Ammo keyingi vaqtlarda yoş oilalarda oila deb atalgan muqaddas maskanning darz ketayotganligi köplab muammolarni keltirib çiqarmoqda.

Joriy yil “Mahallani rivojlantiriş va jamiyatni yuksaltiriş” yili deb nomlanib, “mahallabay” işlaş tizimiga jiddiy eʼtibor qaratila boşlandi. Endilikda islohotlar mahallalarda örganiş işlarini tizimli taşkil etiş, muammolarni vaqtida aniqlaş, fuqarolar bilan manzilli işlaş asosida olib borilib, jamiyatda ijtimoiy muhitni soğlomlaştiriş, fuqarolarning işbilarmonlik va tadbirkorlik salohiyatini işga solib, mahallalar farovonligiga erişiş yangi bosqiçga kötarilmoqda.

Mahalla tizimida, ayniqsa, oilaviy muammolar masalasi alohida eʼtibor talab qiladi. Hududlarda oilaviy nizolarni ijobiy hal etiş, kelişmovçiliklarni keltirib çiqarayotgan omillarni aniqlaş, oilaviy anʼana va qadriyatlarni saqlab qoliş maqsadida qator saʼy-harakatlar amalga oşirilmoqda.

Xususan, Surxondaryo viloyatining Boysun tumanida “Oilaviy qadriyatlarni mustahkamlaş” komissiyasining navbatdagi yiğilişi ötkazilib, “Şörsoy”, “Tuzbozor”, “Kosiblar” va “Sariosiyo” mahallalarida ajrim yoqasiga kelib qolgan nizoli oilalarning murojaatlari örganildi. Natijada, bitta oila yaraştirilib, 2 tasiga yaraşiş uçun muhlat berildi. Tadbirda “Nuroniy” jamğarmasi Boysun tumani bölimi raisi E.Toşboyev, “Buvijonlar maktabi” rahbari S.Nasrulloyevalar qatnaşib, yoşlarga oila muqaddasligi xususida tuşuntiriş berdilar, şuningdek, farzand tarbiyasida ota-ona va mahalla-köyning örni muhim ekanini taʼkidladilar.

Örganişlarga köra, ajrim qarori öz-özidan paydo bölib qolmayapti. Bunga oiladagi farzandsizlik, özaro kelişmovçiliklar, uçinçi şaxslar aralaşuvi, uzoq vaqt birga yaşamaslik, iqtisodiy yetişmovçiliklar, qarindoşlar örtasidagi hamda erta nikoh, qonuniy nikohni bekor qilmasdan boşqa oila quriş kabi holatlar sabab bölmoqda, afsuski.

Ajrim masalasi bir-ikki sabablar natijasida şakllanib qolmaydi, albatta. Patriarxal stereotiplar ustuvor bölgan oilalarda ayol faqat bola parvarişi, uy-rözğor bilan andarmon bölib qoladi. Iqtisodiy qaramlik, erkinlikning yetişmasligi, mustaqil fikrini erkin ayta olmaslik ayollarni jamiyatdan uzib qöyadi. Aslida, jamiyat taraqqiyotida ayolning roli ğoyat katta ahamiyat kasb etib, xotin-qizlarning jamiyat hayotidagi faol iştiroki millat rivojining ajralmas bir bölagiga aylanişi lozim.

Ikkinçidan, oilaviy zöravonliklar “şaxsiy masala” sifatida xaspöşlandi, uçinçi şaxslar aralaşuvi oilalarda nosoğlom muhit, nobop şaroitni keltirib çiqardi. Buning ortidan qançalab ayollar bosim, zöravonlik, jabr ostida mum tişlab yaşaşiga töğri keldi. Hatto bolalarning ruhiyatiga, tarbiyasiga jiddiy zarar yetib, ularning munosib şaroitda voyaga yetişiga tösiq qöyildi. Eng yomoni, gender asosidagi zöravonlik köp hollarda oçiqlanmay, jinoyatçi sirligiça qolib ketdi. Ammo sönggi yillarda ayollar himoyasi yanada kuçaytirilayotgani, huquqlari qonun bilan yanada mustahkamlanayotgani, xotin-qizlarning jamiyatda öz örnini topişi davlat siyosati darajasiga kötarilib, ularning taʼlimi va kasb-hunar egallaşi uçun köplab imkoniyatlar yaratilayotgani, zarur hollarda imtiyozlar joriy etilayotgani bu kabi yeçimini kutayotgan muammolarga muvofiq çora bölmoqda.

Darhaqiqat, xotin-qizlarning davlat va jamiyat hayotidagi muhim jarayonlarda iştirokini taʼminlaş uçun qonunni özgartiriş bilangina iş bitmaydi. Qonun barobarida ijtimoiy ong ham özgarişi, atrofdagilarning mazkur masalaga munosabati qaytadan şakllanişi kerak. Ayolga imtiyoz emas, erkinlik kerak, imkoniyat va qobiliyatini töla namoyon etişi, mamlakat taraqqiyotida faol iştirokçiga aylanişi uçun mavjud tösiqlarni tölaqonli bartaraf etiş lozim. Qisqa qilib aytganda, bu köp tomonlama iştirokni talab etadigan jarayon bölib, unda barça darajadagi davlat organlari, fuqarolik jamiyati, tadbirkorlar va aholi birgalikda harakat qilişi maqsadga muvofiqdir.

Eng yomoni, nizo va ajrim jarayonida bolalar eng köp jabr köradigan tomon bölib qolmoqda. Oilaga darz ketişi farzandlarning ruhiy-psixologik holatiga salbiy taʼsir körsatib, öz hayotini kemtik, töliqsiz his etadi. Bu kelajak avlod kamolotiga jiddiy zarar, aslida.

Yuqoridagilardan xulosa şuki, soğlom oilaviy munosabatlarning mustahkamlanişi uçun işni eng quyidan — mahalla darajasidan boşlaş, uzoq yillardan beri birga baxtli yaşayotgan namunali oilalar bilan davra suhbatlarini taşkil etiş, qöşa qariş saodatiga erişgan dono otaxon va onaxonlarning hayotiy tajribasini boşqalarga ibrat qilib körsatiş, namunali oila modellarini tarğib etiş yuksak samara beradi.

Suğdiyona SOBIROVA.

By Behzod

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan